20.02.2024
Ha, oqaradi. Ammo bu qanday va nima uchun sodir boʻlishi tushunarsiz. Biz keksa odamlarning sochi nega oqarishini toʻliq tushuntirib berolmaymiz. Ammo keling, baribir bu haqida bir mulohaza qilib koʻraylik.
Soch — teridagi hosil boʻladigan modda. Uning ildizlari terida joylashgan boʻlib, piyozga oʻxshab yuqoriga “unib chiqadi”. Soch hujayralari oʻsib teri yuzasiga chiqqanidan soʻng ular oʻzgarib shoxlaydi. Uning tashqi uchida hujayralar doimiy ravishda koʻpayadi, biri ustida ikkinchisi paydo boʻlaveradi.
Soch ildizi hujayralari orasida pigmentlilar¹ ham mavjud. Ular ham koʻpayib, tobora yuqoriga koʻtariladi. Soch oʻzagining oʻsishi bilan ular oxir-oqibat nobud boʻladi va pigment granulalari² parchalanadi.
Sochning shoxli moddasi sariq rangga ega, pigmentli granulalar esa qizildan tim qora jigarranggacha tusda boʻladi. Bu biz biladigan sochning oqdan qoragacha boʻlgan turli xil tuslarini izohlaydi.
Oq sochning paydo boʻlish sabablaridan biri shunday izohlanadi: yosh oʻtishi bilan kasalliklar, tashvishlar, boshdan kechirilgan kuchli qoʻrquvlar tufayli pigment kamayib ketadi va soch oqaradi. Yana bir izoh — asabiylik, stress va salbiy his-tuygʻular natijasida havo pufakchalari pigmentli granulalar oʻrnini egallay boshlaydi. Ammo bu hodisaning aniq sababi haligacha bizga maʼlum emas.
[1] Pigment (lotinchadan “pigmentum” — boʻyoq) — organizmlar toʻqimalari tarkibidagi boʻyoq birikma.
[2] Granulalar (lotinchadan “granulum” — don) — birlashtirilgan quruq quyma moddalar va aralashmalar, sharsimon yoki silindrsimon shaklda boʻladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.