Nega boshimiz og‘riydi?
Bosh og'rishi kasallik alomatimi? Bosh og'riq qanday hosil bo'ladi?
2 min
Inson organizmi

Javob: hamma narsa tufayli! Bosh ogʻrigʻi yuzlab sabablarga koʻra boshlanishi mumkin. Ammo bu kasallik emas, balki uning alomatidir. Shu yoʻsinda tana yoki asab tizimi bizga noxush nimadir boshlanayotgani haqida signal beradi.

Albatta, biz bosh ogʻrigʻining shakllanish mexanizmi haqida baʼzi narsalarni bilamiz. Asl bosh ogʻrigʻi bosh suyagining maʼlum bir holati (kengayishi yoki siqilishi) tufayli paydo boʻladi. Ogʻriqqa miyaning suyaklari emas, balki uni qoplab turgan narsalar — turli tomir va arteriyalar sabab boʻladi. Aynan shular “ogʻriganida” bosh ogʻrigʻi paydo boʻladi. Tish, quloq va mushaklardagi ogʻriq miya sohasiga taʼsir qilib, bosh ogʻrigʻini keltirib chiqarishi mumkin. Bosh mushaklarining siqilishi ham xuddi shunday oqibatlarga olib keladi.

Eʼtibor bersangiz, bosh ogʻrigʻidan shikoyat qilganda hamma turli sabablarni koʻrsatadi. Baʼzilarda bu och paytida, boshqalarda — ertalab bir finjon qahva ichmaganida yoki ichkilikdan karaxt vaqtida roʻy beradi. Aslida bu holatlarda nima sodir boʻladi? Bosh suyagi arteriyalari torayadi yoki kengayadi va bu bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi. Bu bizga qon-tomir bosh ogʻrigʻi sifatida maʼlum.

Kuchli ruhiy zarba yoki boshni toʻsatdan yonga burishdan keyin ham odam bosh ogʻrigʻidan shikoyat qilishi mumkin. Bunday holatlarda ajablanarli narsa yoʻq. Kishi katta hissiy iztirobni boshdan kechirganida orqa, boshning pastki va boʻyin mushaklarining qisqarishi yuz beradi. Natija — bosh ogʻrigʻi.

Migren bu — bosh ogʻrigʻining boshqalaridan katta farq qiladigan jiddiy turi. Bu haqida yana bir suhbat qilamiz. Ammo koʻrib turganingizdek, bosh ogʻrigʻining sabablari juda ham koʻp.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!