Atom energiyasi nima?
Atomlardan olingan energiya uylarni ta'minlaydimi?
2 min
Bu nima?

Atom energiyasi bu — atomdan olinadigan energiya. Har bir atom energiya zarralaridan iborat. Bu energiya atomning barcha zarralarini birlashtiradi. Shuning uchun atom energiyasida atom yadrosi energiya manbai hisoblanadi. Bu energiya atom parchalangan paytda ajralib chiqadi.

Aslida atomdan energiya olishning ikki usuli mavjud. Birinchisi — sintez reaksiyasi, ikkinchisi — parchalanish reaksiyasi. Sintez reaksiyasida ikkita atom birlashib bitta atom hosil qiladi. Atomlar birlashganda issiqlik shaklida ulkan energiya ajralib chiqadi. Quyosh energiyasining katta qismi Quyoshda sodir boʻladigan sintez reaksiyasi natijasida hosil boʻladi. Bu atom energiyasining bir turidir. Ikkinchi usul — boʻlinish yoki parchalanish reaksiyasi. Parchalanish bitta atom ikkiga boʻlinganida sodir boʻladi. Bu atomlarni atom zarralari, masalan, neytronlar (atomning bir qismi) bilan bombardimon qilinishi natijasida roʻy beradi.

Har qanday portlatish ham uning parchalanishiga olib kelmaydi. Koʻpgina atomlarni parchalab boʻlmaydi. Ammo uran va plutoniy atomlari muayyan sharoitlarda parchalanadi.

Uran turlaridan biri — uran-235 (uran izotopi deb ham ataladi) neytronlar bilan bombardimon qilinganida ikkiga boʻlinadi. Bunda qancha energiya ajralishini tasavvur qila olasizmi? Bir kilogramm uran-235dan olinadigan energiya bir kilogramm koʻmir yoqilganda ajraladigan energiyadan million marta koʻproq. Kichkina uran boʻlagi okean kemasi, samolyot yoki generatorning ishlashini taʼminlashga yetadi. Koʻrib turganingizdek, atom energiyasi kelajakda insoniyat uchun asosiy energiya manbai boʻlib xizmat qilishi ehtimoli juda yuqori.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!