Kosmik nurlar nima?
Kosmik nurlar qayerdan keladi? Kosmik nur nima?
2 min
Bu nima?

Siz, albatta, uchirilgan sunʼiy yoʻldoshlar turli xil tadqiqot va ilmiy uskunalar bilan jihozlanishi haqida oʻqigansiz. Ammo doim ularga kosmik nurlarni tekshiradigan va aniqlaydigan asboblar oʻrnatilishini payqaganmisiz? Bu nurlar hali ham biz uchun jumboq.

Taxminan 60 yil oldin olimlar uchun gʻalati hodisa oshkor boʻldi. Yopiq idishdagi havo namunalari oz miqdorda elektr oʻtkazuvchanlikka ega ekani maʼlum boʻldi. Hatto idish qalin himoya qatlami bilan qoplanganida ham xuddi shu hodisa sodir boʻldi. Bu holat konteynerga (idish) istalgan joyga kira oladigan nomaʼlum nurlanish kirganini anglatardi.

Bu sirli nurlanish nima? Javob olish uchun koʻplab tajriba oʻtkazildi. Dastlab, uning quruqlikka oid emasligiga ishonch hosil qilishdi, chunki u dengiz ustida ham bor edi. Ushbu nurlanish kecha-yu kunduz mavjud edi, demak, u Quyoshdan ham kelmaydi. Havo shari yordamida yuqoriga koʻtarilayotganda ham bu nurlanish hamma joyda, koinotda ham qayd etilgan. Shuning uchun u hamma joyda mavjud, yaʼni “kosmik” deb nomlandi.

Kosmik nurlar aslida nima? Bu — atomlarning zarralari. Ular Yer atmosferasidan tashqarida yorugʻlik tezligiga yaqin tezlikda harakatlanadi. Ulardan baʼzilari Yer atmosferasiga kirib keladi.

Atomlarning bu zarralari “birlamchi kosmik nurlar” deb ataladi. Ular havo atomlari bilan toʻqnashadi, natijada birlamchi zarralar singari katta tezlikda oʻsha yoʻnalishda harakatlanishni davom ettiradigan yangi zarralar paydo boʻladi. Ushbu yangi zarralar “ikkilamchi kosmik nurlar” deb nomlanadi. Ular, oʻz navbatida, boshqa atomlar bilan toʻqnashadi hamda yangi zarralar keltirib chiqaradi. Shunday qilib, haqiqiy radiatsiya yomgʻiri yerni bombardimon qiladi. Koinotdan kelgan bitta proton 90 kvadrat metr maydonni qoplash uchun yetarli nurlanishni hosil qiladi.

Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, Yer yuzini bombardimon qiladigan kosmik nurlar zararsizdir, chunki ularning milliardlab yillar davomidagi taʼsiri Yerdagi hayotga salbiy taʼsir koʻrsatmagan.

Ilm-fan hali ham kosmik nurlar qayerdan kelayotganini aniq bilmaydi. Ammo umid qilamizki, koinotni oʻrganish orqali biz bu muammoni asta-sekin hal qilamiz.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!