20.02.2024
“Yonish” — olovning ilmiy atamasi. Yonishning koʻplab turlari bor, lekin koʻp hollarda bu oddiy bir hodisa. Havodagi kislorod har qanday yonadigan material bilan oʻzaro taʼsirga kirishadi. Natijada issiqlik ajralib chiqadi. Agar jarayon tez sodir boʻlsa, alanga yoki buruqsash (tutab yonish) kuzatiladi. Baʼzan portlash vaqtida boʻlganidek shunchaki bunday reaksiya sodir boʻlishini his qilamiz. Yogʻoch yoki qogʻoz kislorod bilan reaksiyaga kirishganda olov hosil boʻladi. Ammo shunga oʻxshash yonish avtomobil dvigatelida ham sodir boʻladi. Benzin havodagi kislorod bilan tutashganda yonadi. ?
Avtomobil dvigatelida yonish shunchalik tez sodir boʻladiki, biz bu jarayonni portlash deb ataymiz. Aksincha, sekin kechadigan yonishlarni yillar davomida sezmaymiz. Misol uchun, metallning zanglashi aslida uning yonishidir. Ana boʻlmasam.
Sekin yonishda hosil boʻlgan issiqlik havoga uzatilmasa, harorat koʻtarilib yona boshlashi mumkin. Bu “oʻz-oʻzidan oʻt olish” deyiladi. Mazkur holat yopiq joyda qolgan moyli lattalar uyumidan boshlanishi mumkin. Yogʻ asta-sekin oksidlanib, issiqlik hosil qiladi. Issiqlik chiqib ketishiga imkon boʻlmay toʻplana boshlaydi, bora-bora u lattalarni yoqish uchun yetarli boʻladi.
Olov hosil boʻlishi uchun kerakli kislorod tabiatda keng tarqalgan. Atrofimizdagi havoning taxminan 21 foizi kisloroddan iborat. Kislorod yonish jarayonini boshlashga doim tayyor turadi.
Shunga qaramay, bu jarayon boshlanishi uchun kisloroddan tashqari “yonuvchan” materiallar kerak. Yonish uchun maxsus ishlatiladigan yonuvchan materiallar “yoqilgʻi” deb nomlanadi. Masalan, yogʻoch, koʻmir, koks, kerosin va baʼzi gazlar yonuvchan yoqilgʻidir.
Yonish jarayonida kislorodning ikkita atomi yoqilgʻidagi uglerodning (C)¹ bitta atomi bilan birikadi va karbonat angidrid hosil boʻladi. Issiqlik va energiya ishlab chiqarish uchun tanamizda kechadigan yonish jarayonida ham karbonat angidrid gazi hosil boʻlishini bilarmidingiz?
[1] Uglerod (loinchada “Carboneum”) — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Element belgisi — C.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.