Suv nima?
Suv obihayotmi? Suv nima? Suv haqida ma'lumot, Suv tarkibi nimadan iborat?
2 min
Bu nima?

Olimlar boshqa sayyoralarda hayot belgilarini topishga harakat qilganda koʻpincha beradigan savol: “u yerda suv bormi?” Maʼlumki, suvsiz hayot yoʻq!

Suv — barcha tirik mavjudotlarning bir qismi boʻlgan taʼmsiz, hidsiz, rangsiz suyuqlik. U tuproqda ham, havoda ham mavjud.

Tirik organizmlar faqat suvda erigan ovqat isteʼmol qiladi. Tirik toʻqimalar, asosan, suvdan iborat. Suv tarkibi nimadan iborat? Bu ikkita gaz — juda yengil vodorod va ogʻirroq, faol kislorodning oddiy birikmasi. Vodorodning kislorodda yonishi natijasida suv hosil boʻladi. Ammo xususiyatlariga koʻra suv uni tashkil etuvchi elementlarga oʻxshamaydi. Suv oʻz xususiyatlariga ega.

Suv boshqa koʻplab moddalar singari uchta asosiy holatga ega: suyuq (keng tarqalgan), “muz” deb ataladigan qattiq va gazsimon (suv bugʻlari). Suv holati uning haroratiga bogʻliq.

0 °C da suv suyuqlikdan qattiq holatga oʻtadi yoki muzlaydi. 100 °C haroratda esa suyuqlikdan gaz holatiga oʻtadi. Uning koʻrinmas holatga oʻtishi “bugʻlanish” deb ataladi. Muz boʻlagi iliq xonada eriy boshlaydi. Agar xona yetarlicha issiq boʻlsa, muzdan qolgan suv tez orada yoʻq boʻlib ketadi. Suyuqlik suv bugʻiga aylanadi. Sovutilganda suv hajmi oshadi.

Tabiatdagi suv tom maʼnoda hech qachon sof boʻlmaydi. Uning tarkibida erigan mineral tuzlar, gazlar, mikroorganizmlarning zarralari mavjud.

Yozgi issiqda tashqaridan chanqab kelganimizda ham koʻnglimizga muzdek suvdan boshqa hech narsa sigʻmaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!