Xlorofill nima?
Saprofitlar haqida ma'lumot, Yashil bo'lmagan o'simliklar ham mavjudmi?
2 min
Bu nima?

Oʻsimliklarning qaysi asosiy xususiyatlari ularni hayvonlardan ajratib turadi? Oʻsimliklar yashil rangga ega. Albatta, istisnolar mavjud, ammo oʻsimliklarga qoʻyiladigan asosiy talab — ular yashil boʻlishi kerak.

Oʻsimlikning yashil rangi muhim talablardan biridir. Oʻsimliklarning yashil moddasi — xlorofill tuproq va havodan zarur moddalarni oʻzlashtirib, yashash uchun zarur ozuqani ishlab chiqaradi. Oʻsimliklar bu xususiyatga ega boʻlmaganida odamlar va hayvonlar oziq-ovqat yoʻqligi sababli mavjud boʻla olmas edi. Hatto boshqa jonzotlar bilan oziqlanadiganlar ham oʻsimliklar bilan ovqatlanadiganlarning borligiga bogʻliq. Darhaqiqat, oʻsimlik ozuqasi yer yuzidagi barcha hayotning boshlanishidir!

Endi siz xlorofill odamlar va hayvonlarni ozuqa bilan taʼminlaydigan hamda oʻsimliklardan olinadigan ajoyib yashil modda ekanini bilasiz. Xlorofill bargning hujayralari, shuningdek, poyasi va gullarida boʻladi.

Xlorofill yordamida oʻsimlik quyosh nurini oʻzlashtiradi va olingan energiyadan noorganik elementlarni organik yoki “hayot hosil qiluvchi” kimyoviy elementlarga aylantirish uchun foydalanadi. Ushbu jarayon “fotosintez” deb nomlanadi. Yunon tilida bu soʻz “yorugʻlik”, “birikma” degan maʼnolarni anglatadi.

Yashil rangga, yaʼni xlorofillga ega boʻlmagan ayrim oʻsimliklar ham mavjud. Ular qanday qilib mavjud? Xlorofilli yoʻq qoʻziqorinlar va baʼzi oʻsimliklar oilasi oʻz ozuqasini ishlab chiqarmaydi, shuning uchun uni boshqa joydan olishlari kerak. Ozuqani boshqa oʻsimlik yoki hayvonlardan oladigan oʻsimliklar “parazitlar” deb ataladi. Agar ular ozuqani oʻsimlik va hayvonlarning parchalanish mahsulotlaridan olishsa, biz ularni “saprofitlar” deb ataymiz.

Xlorofill oʻsimliklardan olinishi va odamlar tomonidan turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Ayrim hollarda u baʼzi bakteriyalarni ham oʻldiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!