Zamburug‘lar nima?
Zamburug'lar organizmga qanchalik foydali? Zamburug'lar qanday yashaydi?
2 min
Bu nima?

Zamburugʻ bir-birini inkor qiladigan ikkita vazifani bajarish orqali odamga katta naf keltiradi: u juda foydali va bir vaqtning oʻzida parchalovchi vazifalarni bajaradi.

Zamburugʻlar odam organizmida chiqindining nazoratsiz toʻplanishiga toʻsqinlik qiladi va uni parchalanishiga yordam beradi. Shuningdek, zamburugʻ oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan mineral tuzlarni tuproqqa qaytaradi. Baʼzilari odamlarda uchraydigan kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradigan dorivor moddalarni ham ishlab chiqaradi.

Boshqa zamburugʻlar esa oʻsimlik va hayvonlarda kasalliklarni keltirib chiqaradi. Oqibatda, inson ular bilan doimiy kurashishga majbur qiladi.

Zamburugʻ — sodda va nomustaqil oʻsimlik. Murakkab oʻsimliklar bilan solishtirilganda uning ildizlari, poyasi va barglari boʻlmagani uchun biz uni “sodda” deb ataymiz. U mustaqil emas, chunki tarkibida xlorofill¹ yoʻq, yaʼni boshqa yashil oʻsimliklar kabi karbonat angidrid va suvdan shakar ishlab chiqara olmaydi. Shuning uchun zamburugʻ yashil oʻsimliklar ishlab chiqaradigan ozuqa moddalarining mavjudligiga bogʻliq.

Zamburugʻlarning turlari ko’p va ularning tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Baʼzilari bitta hujayradan iborat. Masalan, bakteriya va achitqilar bir hujayrali zamburugʻlardir. Bakteriyalarning oʻrtacha uzunligi 0,005 mm ga yetadi.

Shilimshiq — mogʻor zamburugʻining boshqa bir turi. U chiriyotgan yogʻoch yoki boshqa nam narsalar yuzasida ilviragan pardaga oʻxshash katta hajmdagi qobiqsiz protoplazmadan iboratligi uchun boshqa oʻsimliklardan farq qiladi.

Zamburugʻlarning uchta turidan (bakteriya, achitqi va mukor mogʻori) tashqari barcha turlari koʻp miqdordagi rangsiz tolalardan iborat.

Ular “mitseliy” yoki zamburugʻ tanasi deb ataladi. Zamburugʻ tanasining oʻsimtalari oʻzi rivojlanayotgan organizmga kirib boradi va shu yoʻl bilan ozuqa moddalarini oladi. Zamburugʻlarga rivojlanish va ozuqani hazm qilish uchun suv kerak, shuning uchun ular quruq iqlim sharoitida yashay olmaydi.

Zamburugʻ nonga ham, nam matoga ham zarar yetkazadigan koʻplab mogʻor sinfini oʻz ichiga oladi. Mogʻorning ayrim turlari pishloqqa maʼlum bir lazzat berish, shuningdek, dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Ovqatga qoʻshiladigan zaharli zamburugʻlar ham xuddi shu oilaga tegishli. Zamburugʻ tanasidan (mitseliy) tashkil topgan bu zamburugʻlarning asosiy qismi yerostida tarqalgan. 


[1] Xlorofill — oʻsimliklarga yashil rang beruvchi modda. 

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!