Bakteriya qanday paydo bo‘lgan?

Bakteriya — oʻlchami shunchalik kichik tirik organizmki, ularni faqat mikroskop yordamida bir necha yuz marta kattalashtirish orqali koʻrish mumkin. Shuning uchun ular “mikroorganizmlar” deb ataladi.

Odamzod bakteriyalarni koʻrishdan oldin ularning faoliyati natijalariga duch kelgan. Masalan, sharob yoki sut achiganda, oʻlgan oʻsimlik va hayvonlar parchalanganda. Ammo odamlarda bu hodisalar boʻyicha irim-sirim va diniy bidʼatlar boʻlgan. Bugungi kunda bakteriyalar hamma joyda — havo, suv, oziq-ovqat, terimiz va hatto ichimizda ham borligini bilamiz. Bakteriyalar boʻlinish orqali koʻpayadi. Bakteriyalarning erkagi va urgʻochisi mavjud emas. Agar qulay sharoitlar va yetarli ozuqa boʻlsa, bakteriyalar tinimsiz ravishda koʻpayib boradi.

Bakteriya hayvondan koʻra oʻsimlik hujayrasiga oʻxshash bitta hujayradan iborat. U suv oʻtkazmaydigan qoplama yoki membrana¹ bilan oʻralgan. Bakteriya ichida “protoplazma” deb nomlanadigan modda mavjud, ammo unda yagona markaz yoki yadro yoʻq.

Tashqi qobiq muhim rol oʻynaydi, chunki bakteriyani yoʻq qilish uchun moʻljallangan har qanday kimyoviy element membranadan oʻtishi kerak. U shilliq qavat bilan qoplangan va baʼzida tolali oʻsimtalar — “flagella”larni hosil qilib shaklini oʻzgartiradi. Bakteriyalar oyoq-qoʻllarsiz ham harakatlana oladi. Ayrimlari flagellalar yordamida, boshqalari esa chuvalchanglar kabi hujayraning oʻzini qisqartish orqali harakat qilishadi.

Bilamizki, bakteriyalar yuqumli kasalliklar manbaidir. Ammo bakteriyalarning baʼzi turlari odamlarga foyda keltiradi.


[1] Membrana — tebranma harakat qila oladigan parda yoki yupqa plastinka.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!