Muzqaymoq qayerda paydo bo‘lgan?
Muzqaymoq tarkibi nimadan iborat? Muzqaymoq qayerda paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

Ellik yil oldin odamlar muzqaymoqni faqat yozda isteʼmol qilishgan. Endi esa uni butun yil davomida yeyish mumkin. U sharqda maktab oʻquvchilari muzqaymoqni vaflili stakanlarda tatib koʻrishlaridan ancha oldin oʻylab topilgan.

Tadqiqotchi Marko Polo odamlarning muzqaymoq yeyayotganini koʻrib qolgan. Unga bu gʻoya shunchalik yoqqanki, uni Italiyaga olib kelgan. Muzqaymoq Italiyadan Fransiyaga kelgan va zodagonlar orasida mashhur boʻlgan. Ular muzqaymoq retseptini oddiy odamlardan yashirishga harakat qilishgan. Ammo odamlar tez orada bu taomning taʼmini tatib koʻrishgan va muzqaymoq xalq orasida mashhur boʻlgan. Tez orada butun dunyoga tarqalib, hatto AQShga ham yetib borgan.

Birinchi muzqaymoq zavodi 1851-yilda AQShning Merilend shtatining Baltimor shahrida ish boshlagan. Ammo XX asr boshigacha, yaʼni yangi sovutish moslamalari paydo boʻlgunga qadar muzqaymoq ishlab chiqarish keng tarqalmagan.

Muzqaymoq qaymoq, sut yoki sut mahsulotlaridan iborat boʻlib, baʼzida tuxum qoʻshiladi. Lazzatli taʼm berish uchun vanillin¹, shokolad, rezavorlar, yongʻoq yoki mevalar ham solinadi. Oddiy muzqaymoqning retsepti quyidagicha: 80–85% qaymoq yoki boshqa sut mahsulotlari uchun 15% shakar, 0,5% dan 4,5% gacha aromatizator (xushboʻylantiruvchi moddalar) va 0,3% stabilizator².

Muzqaymoqni bir xil holga keltirish va dagʻal muz kristallari paydo boʻlishining oldini olish uchun oz miqdorda stabilizator qoʻshiladi. Bu maqsadda, odatda, oziq-ovqat jelatini (shirinlik turi) ishlatiladi.

Stakandagi vanilli muzqaymoqning uchdan bir qismini yeganingizda, yarim stakan sutda bor kalsiy, oqsil va B vitamini hamda toʻla stakan sutda bor A vitaminini olasiz.

Muzqaymoqni yoqtirmaydigan odam boʻlmasa kerak-a?! ?


[1] Vanillin — shirinliklarga qoʻshiladigan xushboʻylashtiruvchi vosita.
[2] Stabilizator — muzqaymoq va boshqa sut mahsulotlari tuzilishi hamda sezgi aʼzolari orqali tekshirish xususiyatlarini yaxshilash uchun ishlatiladigan modda.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!