Dinamit qanday ixtiro qilingan?
Dinamit qachon kashf etilgan?
2 min
Tarix

Insoniyat tarixida katta ahamiyatga ega koʻplab muhim voqealar mavjud, ammo eng asosiylaridan biri portlovchi moddalarning yaratilishi edi. Anʼanaga koʻra, yangi davrdan oldin porox¹ xitoyliklar tomonidan ixtiro qilingan, deyiladi. Yevropaliklar undan XIV asrdagina foydalanishni boshladilar va shundan keyin oʻzlarining taʼsir doirasini butun dunyo boʻylab kengaytirishga muvaffaq boʻldilar.

Eski namunadagi porox kaliy tuzi (selitra), pista koʻmir va oltingugurt aralashmasidan iborat. Bu deyarli XIX asr oxiriga qadar eng keng tarqalgan portlovchi modda edi.

1845-yilda nemis kimyogari Shenbayn paxta tolasiga toʻyingan azot va sulfat kislota aralashmasi bilan ishlov bergan. Natijada paxtaga oʻxshash va hozirda nitrotsellyuloza yoki piroksilin deb nomlanadigan oq rangli, tolali mahsulot paydo boʻlgan. Aslida bu poroxga qaraganda koʻproq portlar edi.

Taxminan oʻsha vaqtlarda italiyalik kimyogar Askanio Sobrero glitserin² bilan tajriba oʻtkazgan. U ehtiyotkorlik bilan glitserinni toʻyingan azot va sulfat kislotalar aralashmasiga tomchilab qoʻshib koʻrgan. Natijada piroksilindan ham kuchliroq portlaydigan oz miqdordagi nitroglitserin paydo boʻlgan.

Taxminan 20 yil oʻtgach, shved kimyogari Alfred Nobel tasodifan dinamitni kashf qilishga muvaffaq boʻlgan. U ishlab chiqarish va tashish paytida tez-tez muammolar keltirib chiqaradigan nitroglitserin ustida ishlagan. Nobel nitroglitserin olishning xavfsiz usulini topgan boʻlsa-da, u bilan ishlash kutilmagan hodisalarga boy edi. Bir kuni Nobel nitroglitserin toʻldirilgan bidonlarni (suyuqlik solinadigan qopqoqli idish) diatomit (gʻovak togʻ jinsi) solingan qutidan chiqarayotgan vaqtda bidon chakka oʻtkazganini koʻrib qolgan. Toʻkilgan nitroglitserin va diatomit aralashmasi qattiq massa hosil qilgan. Bu portlovchi moddani tebranishlarga nisbatan birmuncha kamroq taʼsirchan qildi.

Ana shu tasodif dinamitning kashf etilishiga yordam bergan.


[1] Porox — patron va snaryadlar tayyorlash uchun ishlatiladigan portlovchi moddalarning zichlashtirilgan qattiq aralashmasi. 
[2] Glitserin — Mol yogʻidan yoki neftdan olinadigan quyuq shirin suyuqlik.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!