Muzlik davri qachon tugagan?
Muzlik davri hali ham davom etyaptimi?
2 min
Tarix

Koʻpchilik muzlik davri juda uzoq vaqt oldin tugagan va uning izlari qolmagan, deb oʻylaydi. Ammo geologlarning¹ taʼkidlashicha, endigina muzlik davri oxiriga yaqinlashmoqdamiz. Grenlandiya aholisi esa hali ham muzlik davrida yashayapti.

Taxminan 25 ming yil avval Shimoliy Amerikaning markaziy qismida yashovchilar yil davomida muz va qorli iqlimda hayot kechirgan. Ulkan muz devori Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha, shimolda esa qutbgacha choʻzilgan. Bu Kanadaning butun hududi, AQShning katta qismi va Yevropaning shimoli-gʻarbiy qismi — qalinligi bir kilometrdan ortiq muz qatlami bilan qoplangan muzlik davrining soʻnggi bosqichi edi.

Ammo bu har doim juda sovuq boʻlgan degani emas. AQShning shimoliy qismida harorat hozirgi vaqtdagi haroratdan atigi 5 daraja past boʻlgan. Sovuq yoz oylari muzlik davrini keltirib chiqargan. Bu vaqtda muz va qorni eritish uchun yetarli issiqlik boʻlmagan. U toʻplanib, oxir-oqibat ushbu hududlarning butun shimoliy qismini qamrab olgan.

Muzlik davri toʻrt bosqichdan iborat. Ularning har birida dastavval muzlik paydo boʻlib, janubga harakatlangan, keyinchalik erib shimoliy qutbga chekingan. Bu hodisa toʻrt marta sodir boʻlgan. Sovuq davrlar “muzlash”, iliqlari esa “muzliklararo” davr deb ataladi.

Shimoliy Amerikadagi birinchi bosqich taxminan 2 000 000 yil oldin, ikkinchisi qariyb 1 250 000 yil, uchinchisi 500 000 yil, oxirgisi esa 100 000 yil avval boshlangan. Muzlik davrining so‘nggi bosqichida muzning erish tezligi turli hududlarda har xil boʻlgan. Masalan, AQShning hozirgi Viskonsin shtati joylashgan hududda muzning erishi taxminan 40 000 yil oldin boshlangan. AQShning Yangi Angliya hududini qoplagan muz taxminan 28 000 yil oldin gʻoyib boʻlgan. Hozirgi Minnesota shtati hududi esa muzdan 15 000 yil oldin xalos boʻlgan.

Germaniya 17 000 yil oldin, Shvetsiya esa 13 000 yil avval muzdan ozod boʻlgan.

Koʻpchiligimiz “Muzlik davri” multfilimini koʻrganmiz, undagi hodisalar orqali Muzlik davri taxminan qanday boʻlganini bilib olishimiz mumkin.


[1] Geolog — yer qobigʻi va tuzilishi, tarkibi hamda rivojlanish tarixi, foydali qazilmalarni qidirish usullari bilan shugʻullanuvchi mutaxassis.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!