Nega hozir ham muzliklar bor?

Shimoliy Amerikada Muzlik davri boshlanishiga sabab boʻlgan ulkan muzlik massasi “kontinental muzlik” deb nomlanadi. Uning qalinligi 4,5 km ga yetgan. Bu muzlik butun Muzlik davri mobaynida toʻrt marta shakllangan va erigan degan taxminlar bor.

Dunyoning boshqa qismlarini qoplagan muzlik baʼzi joylarda erimagan. Masalan, ulkan Grenlandiya orolida tor qirgʻoq boʻyidagi yerlardan tashqari joylar kontinental muzlik bilan qoplangan. Orol oʻrta qismidagi baʼzi joylarda muzlik qalinligi uch kilometrdan oshadi. Antarktida baʼzi joylar qalinligi 4 kilometrgacha boʻlgan bepoyon kontinental muz bilan qoplangan.

Shuning uchun Muzlik davridan beri ular erimagani uchun dunyoning baʼzi hududlarida muzliklar mavjud. Ammo hozirgi kunda uchraydigan muzliklarning asosiy qismi endigina shakllangan. Ular, asosan, togʻli hududlarda joylashgan.

Muzliklar shakli amfiteatrga¹ oʻxshash keng va qiya tepaliklardan iborat vodiylarda boshlanadi. Bu yerga qor togʻ yonbagʻirlaridagi koʻchkilar tufayli kelib tushadi. Bunday qor yozda erimaydi, balki yil sayin qalinlashaveradi. Asta-sekin yuqoridan kelgan bosim, biroz erish va qayta muzlash natijasida qor massasining pastki qismidagi havo siqib chiqariladi. Natijada qor qattiq muzga aylanadi. Muz va qorning ogʻirligi butun massani qisib chiqaradi va uni vodiy boʻylab pastga harakatlantiradi. Bunday harakatlanuvchi muz togʻ muzligidir.

Yevropaning Alp togʻlarida 1200 dan ortiq bunday muzlik borligi maʼlum. Shuningdek, ular Pireney, Karpat, Kavkaz hamda Osiyoning janubiy qismidagi togʻlarda ham bor. AQShning Alyaska shtati janubida oʻn minglab muzlik boʻlib, baʼzilarining uzunligi 50 dan 100 km gacha yetadi.


[1] Amfiteatr — ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari koʻrsatiladigan tomosha zali.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!