Shamol qayerdan keladi?

Shamolning paydo boʻlish sabablari turlicha. Birinchidan, shamol sabablarini oʻz hududiga, ikkinchidan, butun Yer yuziga mos ravishda koʻrib chiqish mumkin.

Har qanday joyda bosimning farqi bor, shuning uchun bu hududda shamol esadi. Shamol dengiz sohilida har kun kuzatiladi. Kun davomida quruqlik qiziydi. Yer sathidagi havo yuqoriga koʻtariladi va dengizdagi sovuq shamol uning oʻrnini egallaydi. Kechasi yer soviydi, shuning uchun suv iliq boʻlib qolaveradi. Keyin suv ustidagi iliq havo yuqoriga koʻtariladi va shabada qirgʻoqdan esib, iliq havo oʻrnini egallaydi.

Hududimizdagi shamol bilan bogʻliq holatlar butun dunyo boʻylab ham keng miqyosda sodir boʻladi. Yerdagi eng issiq joy — ekvator¹. Shuning uchun bu mintaqada iliq havo doimo yuqoriga koʻtariladi. Bu havo qutblarga — shimol va janubga yoʻnaladi. Keyin “ot kengliklari” deb nomlangan kenglikda pastga tushadi. Lekin bu safar ikki yoʻnalish — qutb va ekvatorga harakatini davom ettiradi.

Yer aylanmaganda faqat shimoliy va janubiy shamollar boʻlar edi. Ammo Yer aylanishi tufayli shamollar shimoliy yarimsharda oʻngga, janubiy yarimsharda esa chapga harakatlanadi. “Ot kengliklari”dan ekvator tomon esadigan shamollar “passat”, qutbga esadiganlari “vesta” deb nomlanadi. AQSh, asosan, “vesta” hududida joylashgan.

Dunyoning boshqa hududlarida ham “hukmron shamollar” mavjud. Demak, shamollar hech qayerdan kelmaydi, ularning paydo boʻlishiga turli mintaqalarda Yer yuzasining har xil darajada isishi sabab boʻladi.


[1] Ekvator — Yer sharini shimoliy va janubiy yarimsharlarga ajratadigan toʻgʻri shartli chiziq.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!