Suv qanday qilib muzga aylanadi?

Agar hovuz, koʻl yoki daryo muz bilan qoplanishini kuzatgan boʻlsangiz, birinchi boʻlib suv yuzasi muzlashini payqagan boʻlsangiz kerak.

Sizda agar suv havzalari, koʻllar va daryolar aksincha — tubdan boshlab muzlaganida, hayotimizdagi koʻp narsa boshqacha koʻrinishga ega boʻlarmidi degan taassurot uygʻonmyaptimi? Nafaqat Yerning iqlimi oʻzgarardi, balki suvda yashovchi ayrim jonzotlar butunlay yoʻq boʻlib ketardi!

Keling, hovuzdagi suv qanday qilib muzga aylanishini koʻrib chiqaylik. Hovuz yuzasidagi havo soviganida, u suvning ustki qatlamini ham sovitadi. Suvning yuqori sovuq qatlami iliq pastki qatlamlarga qaraganda ogʻirlashib pastga tushadi. Bu jarayon hovuzdagi butun suvning harorati 4 °C gacha sovigunicha davom etadi, lekin havo harorati pasayishda davom etadi. Suvning yuqori qatlami 4 °C dan past haroratgacha soviganida, u yuzada qoladi, chunki 4 °C dan past haroratgacha sovutilgan suv aslida yengilroq boʻladi.

Shunday qilib, suvning yuqori qatlami muzlashga tayyor. Harorat muzlash nuqtasi boʻlgan 0 °C darajada qolganida yoki undan ham pastga tushganda, mayda kristallchalar shakllana boshlaydi.

Har bir bunday kristallning oltita “nur”i bor. Ular birlashib muz hosil qiladi va tez orada suv yuzasida muz qobigʻi hosil boʻladi. Muz baʼzida shaffof, baʼzida esa yoʻq. Nega? Gap shundaki, suv tomchilari muzlaganda mayda havo pufakchalari ajralib chiqadi. Ular muz kristallari nurlariga yopishadi. Muz kristallari qanchalik koʻp shakllansa, havo pufakchalari ham shunchalik koʻp boʻladi va shaffof boʻlmagan muz hosil boʻladi.

Agar muz ostidagi suv harakatlansa, havo pufakchalari birlashadi va shaffof muz hosil boʻladi.

Suv ayrim boshqa moddalar singari suyuqlikdan qattiq holatga oʻtishda oʻz hajmini kamaytirmaydi. Muzlaganda suv hajmining toʻqqizdan biriga kengayadi, yaʼni toʻqqiz litr suv muzlaganda oʻn litr qattiq muz hosil boʻladi! Avtomobil radiatorlari va suv quvurlarining qishda yorilib ketishi suvning muzlashi va hajmining oshishi bilan bogʻliq. ?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!