Nega cho‘lda suv yo‘q?

Choʻl nima? Choʻl bu — ayrim moslashgan mavjudotlargina yashay olishi mumkin boʻlgan mintaqa. Barcha choʻllarda namlik tanqis. Demak, mavjud hayot shakllari suvsiz kun kechirishga moslashishi kerak.

Yogʻingarchilik miqdori mintaqadagi oʻsimlik olamining hajmi va turlarini belgilaydi. Oʻrmonlar yomgʻir koʻp boʻlgan joylarda oʻsadi. Yogʻingarchilik kam boʻlgan joylar esa koʻproq oʻt bilan qoplangan. Yogʻin-sochin juda kam boʻlgan joylarda choʻllarga xos oʻsimliklarning ayrim turlari oʻsishi mumkin.

Afrikadagi Sahara kabi ekvator mintaqasidagi issiq choʻllar subtropik hududda joylashgan boʻlib, u yerda pastdagi havo iliq va quruqroq boʻladi. Okean yaqinligiga qaramay, bu hududlardagi yer juda quruq. Xuddi shu xususiyatni Afrikaning shimoli-gʻarbiy va Avstraliyaning gʻarbiy qismida joylashgan choʻllar haqida ham aytish mumkin.

Ekvatordan uzoqda joylashgan choʻllar okean va ularning nam shamollaridan uzoqdaligi, choʻl va dengiz oʻrtasida togʻlar mavjudligi tufayli hosil boʻlgan. Bunday togʻ tizmalarining dengizga qaragan yonbagʻirlari namlik saqlaydi, teskari yonbag‘irlari esa quruq boʻlib qolaveradi.

Ushbu hodisa “yomgʻir toʻsigʻi” effekti deb ataladi. Oʻrta Osiyo choʻllari Himolay togʻlari va Tibet toʻsigʻi ortida joylashgan.

AQShning gʻarbiy qismida joylashgan Buyuk Havzadagi choʻllar yomgʻirdan Syerra-Nevada kabi togʻ tizmalari bilan toʻsilgan.

Choʻllar tashqi koʻrinishiga koʻra juda farq qiladi. Qum yetarli boʻlgan joyda shamol qumli tepalik yoki qumtepalarni hosil qiladi. Qumli choʻllar ham mavjud. Toshloq choʻllar asosan toshloq tuproq, hayratomuz jarlik, tepaliklarni tashkil etuvchi qoyalar va notekis tekisliklardan iborat. AQShning janubi-gʻarbiy qismidagi kabi boshqa choʻllar unumsiz qoyalar va suvsiz tekisliklar mavjudligi bilan ajralib turadi. Shamol mayda tuproq zarralari va shagʻalni uchirib ketadi, undan keyin yuzada “shagʻalli choʻllar” deb ataladigan choʻllar qoladi.

Choʻllarning koʻpchiligida oʻsimlik va hayvonlarning har xil turlari mavjud. Namlik bugʻlanishini kamaytirish uchun choʻllarda oʻsadigan oʻsimliklarning barglari deyarli boʻlmaydi. Hayvonlarni choʻchitish uchun ularda tikanlar boʻlishi mumkin. Choʻllarda yashovchi hayvonlar uzoq vaqt suvsiz qolishi va suvni oʻsimlik yoki shudringlardan olishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!