Smog nima?
Smog nima?
2 min
Bu nima?

Angliyada tutunga, ayniqsa, maishiy (turmushga oid, hayotiy) isitish tizimi qozonxonalari va zavod moʻrilaridan chiqadigan tutunga qarshi katta kuch yoʻnaltirildi. Ayrim joylarda koʻmirda ishlaydigan qozonxonalar taqiqlangan.

Shaharlarda atmosfera, yaʼni Yerni oʻrab turgan gazsimon qobiq chiqarilgan turli xil sanoat gazlari aralashmasi “smog” deb nomlangan tuman hosil qiladi. U oʻpkaga kirganda yoʻtal keltirib chiqaradi. Smog tarkibida ayrim gaz va mayda zarralar boʻlsa, bunday tutun zaharli boʻladi.

Bilamizki, havoda doim chang mavjud. Chang — havoda muallaq (biror narsaga tegmay, osilmay turib qolish) holdagi mayda zarralar. Chang tuproq eroziyasi (yemirilishi), vulqon otilishi, gaz va sanoat chiqindilaridan hosil boʻladi. Fabrikaning tutayotgan moʻrilariga qaraganingizda buni kuzatishingiz mumkin.

Havodagi chang hajmini tasavvur qilish qiyin. Har yili AQSh hududida taxminan 39 000 000 tonna chang boʻladi. Bunda 28 000 000 tonna tabiiy manbalardan kelib chiqqan chang boʻlsa, taxminan 11 000 000 tonna chang esa inson faoliyati natijasidir.

Tabiiyki, eng koʻp chang miqdori sanoat shaharlarida boʻladi. Masalan, AQSh yirik shaharlarining har kvadrat kilometriga quyidagicha miqdorda chang “oʻtiradi”: Detroytda — 65 tonna, Nyu-Yorkda — 55 tonna, Chikagoda — 55 tonna, Pittsburgda — 42 tonna, Los-Anjelesda — 30 tonna

Koʻp sonli sanoat korxonalari mavjud shaharlarga har oy 180 tonnagacha chang tushadi. Bu inson salomatligi uchun juda jiddiy muammo boʻlgani tufayli koʻplab shaharlarda havo ifloslanishini kamaytirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda. Koʻp chang chiqaradigan uskunalar changtutqichlar bilan jihozlanmoqda. Shu bilan birga ventilyatsiya (xona havosini almashtirib turuvchi qurilmalar majmui) tizimlari va elektr jihozlaridan ham foydalaniladi. Ayrim hollarda esa nam burgʻilash va suv purkagich qoʻllaniladi. Biroq havoning xavfli ifloslanishi, ya’ni smog muammosi hanuz hal qilinmagan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!