Radiy nima?

Radiy — radioaktiv element. Keling, “radioaktiv” nima ekanini koʻrib chiqaylik.

Barcha kimyoviy elementlar atomlardan iborat. Aksariyat atomlar barqaror, yaʼni oʻzgarmasdir., ammo eng ogʻir atomlarning baʼzilari parchalanib, boshqalariga aylanadi. Bunday parchalanish “radioaktivlik” deb ataladi.

Har bir radioaktiv element parchalanish paytida maʼlum nurlarni qandaydir bir davriylik (vaqti-vaqti bilan sodir boʻlish) bilan chiqaradi. Ushbu davriylikni tezlashtirish yoki sekinlashtirishning imkoni yoʻq. Baʼzi elementlar tezda parchalanadi, boshqalari esa asta-sekin. Ammo har qanday holatda ham bu hodisa odamga boʻysunmaydi.

Radiy parchalanish yakunida qoʻrgʻoshin hosil qiladi. Masalan, yarim gramm radiy 1590 yil ichida atom ogʻirligi past boʻlgan boshqa modda atomlariga aylanadi. Yana 1590 yil oʻtgach, qolgan radiy oʻzgaradi. Bu jarayon radiy qoʻrgʻoshinga aylangunicha davom etadi.

Radiy er-xotin Kyurilar tomonidan kashf etilgan. Ular bir tonna uranitni (uranni oʻz ichiga olgan ruda) tozalashgan. Uran koʻrinmas nurlar chiqaradi, ammo ular yanada kuchli boshqa element ham boʻlishi kerak deb oʻylagan. Avvaliga yana bir radioaktiv element — poloniyni olishga erishishgan va nihoyat ular radiyni ajratib olishgan.

Radiy uch turdagi nurlanish hosil qiladi — alfa, beta va gamma nurlari. Alfa nurlanish — bu yuqori tezlikka ega geliy¹ zarralari. Beta nurlanish — bu tez elektronlar². Gamma nurlari rentgen nurlariga³ oʻxshash. Lekin ular kuchliroq kirib borish kuchiga ega. Ushbu nurlanishlardan biri chiqarilganda uning manbayi boʻlgan atom boshqa elementga aylanadi. Bunday oʻzgarish “atom oʻzgarishi” deb nomlanadi.

Nega radioaktivlik odamlar uchun xavfli? Parchalangan atomlarning uchib kelayotgan zarrachalarini tasavvur qiling. Bu zarrachalar boshqa atomlarga urilganda ularning kimyoviy xususiyatlarini oʻzgartirib, parchalanishga olib keladi. Tananing tirik hujayralariga tushganida esa ularning oʻzgarishiga olib keladi. Ular terini kuydirishi, qizil qon tanachalarini yoʻq qilishi va hujayralardagi oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Demak, radioaktivlik odamlar uchun ham foydali, ham xavfli. Siz Mendeleyev davriy jadvalida nechta element nomini yoddan bilasiz?


[1] Geliy — rangsiz va hidsiz juda yengil gaz.
[2] Elektron — eng kichik manfiy elektr zaryadiga ega zarracha.
[3] Rentgen nurlari — tiniqmas materiallardan oʻtish xususiyatiga ega koʻzga koʻrinmas nurlar.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!