Rang nima?
Qanday ranglarni bilasiz? Rang nima?
3 min
Bu nima?

Atrofimiz turli ranglar bilan qurshab olingan. Borliqni ranglarsiz tasavvur qilish qiyin. 

Ular haqida nimalarni bilasiz?

Isaak Nyuton yorugʻlik nurini shisha prizma orqali oʻtkazib, quyosh nuri turli ranglardan iborat ekanini isbotlagan. U prizmada sinib, spektrni¹ hosil qiladi.

Koʻpchiligimiz uchun spektr 6 yoki 7 rangdan iborat, ammo qurilmalar 100 dan ortiq tuslar borligini aniqlaydi. Oq rang “birlamchi ranglar” deb ataladigan uchta asosiy rangdan iborat. Bular: toʻq sariq-qizgʻish, yashil va binafsha-koʻk.

Spektrda oddiy koʻz bilan koʻrsa boʻladigan yana uchta aralash rang mavjud. Ular “ikkinchi darajali ranglar” deb nomlanib, yashil-koʻk, sariq va qirmizi-qizil ranglardan iborat.

Ikkinchi darajali ranglarni boshqa tuslarni aralashtirish orqali hosil qilish mumkin.

Ranglar inson koʻzi qabul qiladigan toʻlqin uzunliklariga mos keladi. Hasharot va hayvonlar esa turli toʻlqin uzunliklarini sezganlari bois boshqa ranglarni ham koʻradi.

Yorugʻlik yoki rang toʻlqinlari juda qisqa uzunlikka ega. Boʻyoqqa rang berish uchun yorugʻlik ranglariga mos kelmaydigan boʻyoqlar qoʻshiladi. Yorugʻlikning ikkinchi darajali ranglari boʻyoqdagi asosiy ranglarga mos keladi, yaʼni boʻyoqda birlamchi ranglar bu — sariq, yashil-koʻk va qizil, ikkinchi darajali ranglar esa toʻq sariq-qizil, yashil va binafsha-koʻkdir.

Tus (rangdagi nozik farq) — sariq, qizil, koʻk, yashil, qora yoki oq boʻyoq qoʻshilmagan rang. Oq va boshqa tuslar birlashganda pushti va fil suyagi rangi kabi nimranglar hosil boʻladi. Sof tusli qora va oq birlashtirilganda esa to‘qroq tus olinadi. Bular: sargʻish-jigarrang, och jigarrang, kulrang.

Bankadagi qizil boʻyoq qora boʻlib koʻrinadi. Yorugʻlik nurlari boʻlmagan joyda rang ham boʻlmaydi. Qorongʻi xonada biz ranglarni koʻrmaymiz ham, farqlamaymiz ham, chunki ular yoʻq. Obyektning rangi uni yaratish uchun ishlatilgan material va uning yoritilishiga bogʻliq. 

Yungni boʻyash uchun ishlatiladigan boʻyoq yorugʻlik nurlarining toʻq sariq-qizil qismini aks ettirib, spektrning binafsha-koʻk va yashil ranglarini yutgani uchun undan toʻqilgan sviter toʻq sariq-qizil rangli boʻlib koʻrinadi.

Sizga eng yoqadigan rang qaysi? Aniq bilamizki, shu rangdagi kiyim va narsalaringiz juda koʻp. Shundaymi?


[1] Spektr (lotincha spectrum — koʻrinish) biror-bir nurlanishda mavjud boʻlgan toʻlqin chastotalari majmui.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!