Nega issiq jismlar kuydiradi?
Nega issiqlik kuydiradi? Nega issiq jismlar kuydiradi?
< 1 min
Atrofimizdagi olam

Olov va issiq jismlar ogʻriq keltirib chiqarishini koʻpchilik yaxshi biladi. Ammo yosh bola buni bilmaydi va kuyib qoladi. Bizga esa oʻz tajribalarimiz dars boʻladi. Shu tufayli qanday issiqlikdagi jism terimizni kuydirishi mumkinligini bilamiz. 

Issiq dazmolda atomlar juda katta, taxminan sekundiga million tebranishgacha boʻlgan tezlikda harakatlanadi. Barmoq uchi bilan dazmolga tegib ketishdayoq ogʻriqni his qilamiz. Chunki tezligi yuqori zarralar teri molekulalarining ham keskin va tez harakatlanishiga olib keladi. Bu tez harakatlarni siz ogʻriq shaklida his qilasiz, mana shuning uchun issiq narsalar kuyishga sabab boʻladi. Terida buni sezish uchun molekulalar qanday tezlikda harakatlanishi kerakligini tasavvur qilish qiyin emas. 

Ushbu taqqoslashni misol tariqasida keltirib oʻtamiz. Muzning erish haroratida (bu esa umuman issiq emas) vodorod molekulalari 1700 m/s dan yuqori tezlikda harakatlanadi.

Issiq choynakka tegib yoki bexosdan piyoladagi issiq choyni toʻkib yuborganingizda kuyib qolganmisiz?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!