Protoplazma nima?
Protoplazmani nega qayta yaratib bo'lmaydi? Protoplazma haqida ma'lumot
2 min
Bu nima?

Bugungi kungacha ilm-fanda ko‘plab kashfiyotlar amalga oshirildi. Hatto baʼzi tabiiy hodisalar laboratoriya sharoitida takrorlanyapti ham. Ammo hali qayta yaratilmagan bir modda mavjud. Bu — barcha oʻsimlik va hayvonlarning tirik qismi bo‘lgan protoplazma.

Barcha organizmlar, jumladan, oʻsimlik va hayvonlar hujayralardan iborat. Baʼzi organizmlar, masalan, odamlar millionlab, protozoa kabilar esa birgina hujayradan iborat. Kit, odam va atirgul tanasidagi hujayrada bir xil modda — protoplazma mavjud.

Hujayra protoplazmasi asosan ikki qismdan iborat. Markaziy, zichroq qism — yadro. Ikkinchi yumshoq va suyuqroq qism esa sitoplazma deyiladi.

Protoplazma tarkib jihatidan farq qiladi. Tirik organizmning har bir turi protoplazmaning oʻziga xos shakliga ega. Lekin tanadagi turli hujayralarda ham protoplazmaning oʻzgacha turlari mavjud.

Biroq bu farqlarga qaramasdan, protoplazmaning 99 foizi uglerod, vodorod, kislorod, azot va ayrim kimyoviy elementlardan iborat. Biz tirik organizmda roʻy beradigan hamma narsa protoplazmada amalga oshishi bilan tanishmiz.

Tanaga ozuqa tushganida u hazm qilinadi yoki suyuqlikka aylanadi. Keyin hazm qilingan ovqat protoplazma tomonidan soʻrilishi va uning tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Ushbu jarayon “assimilyatsiya” deb ataladi. Bu juda hayratlanarli jarayon — protoplazma jonsiz, begona moddani oʻziga oʻxshash jonli moddaga aylantiradi.

Protoplazma oʻsimlik yoki hayvon tanasida joylashgan energiyani saqlaydi va chiqaradi. Protoplazma ham uni oʻz ichiga olgan tirik organizmlar singari dam olish va faollik davrlariga ega. U tashqi taʼsirlarga javob beradi. Kuchli yorugʻlik yoki issiqlik uni nobud qiladi. Kimyoviy elementlar esa uni jalb qiladi yoki rad etadi. Elektr toki uning xatti-harakatlariga taʼsir qiladi. Biroq ilm-fan protoplazmaning oʻzi va uning faoliyati haqida hali koʻp narsalarni oʻrganishi kerak.

Ko‘rib turganingizdek, ilm-fanda hali o‘rganilmagan sinoatlar ko‘p. Ularning biri protoplazmadir. Balki, ushbu maqolani o‘qib chiqqaningizdan so‘ng protoplazmaga ko‘proq qiziqib qolib, kelajakda u bilan bog‘liq bo‘lgan olamshumul kashfiyotlarni siz amalga oshirarsiz?!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!