Osmos nima?
Osmos hodisasi haqida bilasizmi? Osmos haqida ma'lumot
2 min
Bu nima?

Nega biror o‘simlik o‘stirish uchun uning tagiga muntazam ravishda suv quyib turamiz deb o‘ylaysiz? Suvni o‘simlik ildiziga quyamiz-u, bundan esa o‘simlikning tanasi va barglari oziqlanadi. Suv ildizlar orqali o‘simlik tanasiga qanday kiradi? Hazm qilingan ozuqa ichakdan qon tomirlarga qanday oʻtadi? 

Osmos (grekchada ὄσμος — turtki, bosim)— erituvchining eritma bilan erituvchi orasiga qo‘yilgan yarim o‘tkazgichli parda orqali o‘tish hodisasi. Ildizlarda ham, hayvonlarning ichak devorlarida ham hech qanday teshiklar bo‘lmaydi. Bunday oziqlanish jarayoni “osmos” deb nomlanadi.

Ikki xil gaz bir idishda bo‘lganida ular tezda aralashadi. Bu narsa suyuqliklar bilan ham sodir bo‘ladi. Masalan, bir tomchi siyoh butun bir litr suvga zaif rang beradi.

Osmosda jarayon o‘simlik ildizlarining yupqa devorlari yoki ichak devorlari kabi membranalar orqali sodir bo‘ladi. Membranalar birikish jarayonini sekinlashtiradi, lekin uni to‘xtatmaydi. Osmosda tirik organizmlarning membranalari ba’zi moddalarni o‘tkazib, boshqalarni ushlab qoladi. Bu qisman moddalarning tuzilishi bilan belgilanadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, osmosda moddaning erigan zarralari membrana molekulalari orasidan kirib boradi.

Eritmaning zarralari membrana bilan aloqa qilganda unga “osmotik bosim” deb ataladigan bosim o‘tkazadi. Erigan moddaning zarralari ko‘proq bo‘lgan tomonda osmotik bosim katta boʻlgani uchun harakat yuqori bosimli joylardan past bosimli joylarga boʻlinadi.

Ammo harakat ikkala yo‘nalishda ham amalga oshiriladi, chunki membranalar moddalarni ikkala tomonga ham o‘tkazadi. Masalan, bizning tanamizdagi qon tomirlar membranalari moddalarni doimiy ravishda har ikki tomonga o‘tkazadi. Shu tariqa hazm qilingan ovqat qonga tushadi va karbonat angidrid qondan o‘pka orqali chiqariladi.

Yoz kunlarida tarvuzni suvga solib, uni sovitish mumkinligini deyarli ko‘pchilik biladi. Bu qanday yuz berishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Aynan mana shu biz uchun oddiy bo‘lib tuyulgan jarayonda ham osmos hodisasi sodir bo‘lishini bilarmidingiz?!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!