Lishaynik dengiz o‘timi yoki gulli o‘simlik?
Lishaynik haqida ma'lumot. Lishaynikning qanday turlari mavjud?
2 min
Bu nima?

Koʻpgina nam va koʻlankali (soyali) o‘rmonlarda yerni yashil gilam kabi qoplagan mayda oʻsimliklarni uchratamiz. Bular — lishayniklar.

Noʻxat, loviya kabi oʻsimliklardan farqli ravishda lishayniklarda ildiz va gullar yoʻq. Ular yer yuzasida oʻsadigan yoki tuproqqa kirib boradigan oʻsimtalarga ega. Tuproqdan ular suv va mineral tuzlarni oladi. Shuningdek, ular katta oʻsimliklardagidek ichki suv almashinuvi tizimiga ega emas. Shu tufayli ular namlikda rivojlanadi. Shuning uchun lishaynik daraxtning quyosh nuri kam tushadigan tomonida joylashadi. Baʼzi lishayniklar nam qoyalarda oʻsadi. Agar qoyadagi namlik qurisa, unda lishaynik ham quriydi, lekin nobud boʻlmaydi. Namlik paydo boʻlganda lishaynik ham tiklanadi.

Lishaynikning yuzlab turi mavjud. Eng keng tarqalganlaridan biri — oq lishaynik. U tuproqning nam joylarida yashil “yostiqchalar” guruhini hosil qiladi. Lishaynik turlaridan biri momiq “qopqoq” bilan qoplangan urugʻ qutichasiga ega. Yorqin kulrang-yashil rangdagi torf lishaynigi botqoqli joylarda koʻp uchraydi. Shuningdek, u koʻl hamda suv havzalari qirgʻoqlarini egallab, haqiqiy gilam hosil qiladi. Uning barglari suvni yaxshi singdirib, saqlaydigan katta silindrsimon hujayralardan iborat. Gul sotuvchilar uni boshqa oʻsimliklar uchun namlikni saqlab turish uchun foydalanadi.

Namlikni yuta olgani uchun torf lishaynigi Birinchi jahon urushining dastlabki bosqichida yaralarga ishlob berishda ishlatilgan. U salamandra¹ yoki qurbaqalar saqlanadigan akvariumda ajoyib gilam hosil qiladi. Torf qisman lishaynik va boshqa oʻsimlik chirindisidan iborat. Quritilgan torf koʻplab mamlakatlarda yoqilgʻi sifatida ishlatiladi.

“Lishaynik” atamasi koʻpincha notoʻgʻri qoʻllanadi. Irlandiya lishaynigi aslida dengiz oʻti, ispan lishaynigi esa lishaynik hisoblanmaydigan gullarga ega oʻsimlikdir.

Siz lishayniklarni qayerda koʻp uchratasiz? 


[1] Salamandra — uzun dumli, kaltakesakka o‘xshash jonivor.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!