Mog‘or nima?
Mog'or nima? Mog'or qanday paydo bo'ladi?
2 min
Bu nima?

Baʼzida tabiat insonga doimo qarshilik qilib, uning hayotini qiyinlashtiradigandek tuyuladi. Hasharot va oʻsimliklar odamga qarshi kurashda gʻolib chiqishga intilayotgandek fikr paydo bo‘ladi.

Hech narsa qilmaydigan inson ustiga darhol oʻziga yoki mulkiga zarar yetkazishga harakat qiluvchi turli hodisalar yogʻilib kelishini bir tasavvur qilib koʻring. Shu payt yashirincha hujum qilish uchun payt “poylab” turadigan zararkunandalardan biri — mogʻor.

Terili buyum, pishirilgan ovqat yoki mevali murabboni sovuq va quruq joyga qoʻymasdan ochiq havoda qoldiring. Unda tezda mogʻor paydo boʻladi. Bu koʻpincha non boʻlagi bilan sodir boʻladi. Agar u bir necha kunga iliq va nam joyda qoldirilsa, non qoramtir, chang tushgan oʻrgimchak toʻriga oʻxshash oqish qatlam bilan qoplanadi.

Ushbu moddaga mikroskop orqali qarasak, uning ikki xil koʻrinishga ega, koʻplab rangsiz toladan iborat ekanini koʻramiz. Baʼzilarining uchida sporalarga¹ ega mayda qora sharlar mavjud. Boshqalari kalta boʻlib, nonga tomir otadi va ildiz vazifasini oʻtab, ozuqa moddalari olishga xizmat qiladi. Mana shu narsa — mogʻor.

Mogʻor nam, iliq, ayniqsa, ozuqa moddalari yetarli joylarda koʻpayadi. Odatda, oʻlat mogʻori nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvonlarda paydo boʻladi. Tirik organizmda yashovchi parazitlar esa mog‘orning boshqa turlaridir, ular uchun ham umumiy “mogʻor” atamasidan foydalanamiz.

Mogʻor asosan oʻsimlik va daraxt barglari, shoxlari, gullari va mevalari yuzasida koʻpayadi. Momiq mogʻor esa oʻsimliklar ichida rivojlanadi. Ayniqsa, kartoshka va uzumga zarar yetkazadi. U bilan kurashish qiyin.


[1] Spora — oʻsimlik, zamburugʻ va baʼzi sodda jonivorlarning koʻpayishi, yashashi uchun xizmat qiluvchi boshlangʻich urug‘.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!