Zaharli qo‘ziqorinlarni qanday farqlash mumkin?

Qadim zamonlardan beri odamlar ovqatlanish hamda kasalliklarni davolash maqsadida qo‘ziqorindan foydalanib kelgan. Dunyoda qo‘ziqorinlarning 100 mingdan ortiq turi mavjud. O‘zbekistonda esa qo‘ziqorinning 100 dan ortiq turi o‘sadi. Shundan atigi 25 turigina iste’molga yaroqli, ya’ni zaharsiz hisoblanadi.

Zaharli va yesa boʻladigan qoʻziqorinlarni aniqlashda eng yaxshi qoida bu — ularni hech qachon taʼtib ko‘rmaslik. Turli maslahat va ularni farqlash usullariga qaramay, notanish qoʻziqorinlarni isteʼmol qilish mumkin emas. Eng xavfsiz qoʻziqorinlar doʻkonlarda sotiladi.

Odamlarda qoʻziqorinlar haqida koʻplab notoʻgʻri tushunchalar mavjud. Baʼzilar tayyorlanayotgan zaharli qoʻziqorinlar kumush qoshiq bilan aralashtirilsa, qoshiq qorayadi deb hisoblaydi. Biroq bunday aniqlash usuli notoʻgʻri!

Shuningdek, baʼzi qo‘ziqorinlar faqat unga teginilsagina zarar yetkazadi, degan fikr ham haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Yesa boʻladigan va zaharli qoʻziqorinlar oʻrtasida deyarli farq yoʻq. Ular bir oilaga tegishli.

Pushti plastinkali qoʻziqorinlarni isteʼmol qilish mumkin degan yana bir notoʻgʻri tushuncha ham mavjud. Bu qarash yesa boʻladigan qoʻziqorinlarning ikki turida qalpoqchalar ostidagi plastinkalari pushti, eng zaharli turlari esa oq rangda ekaniga asoslanadi. Aslida, bu farq amalda ahamiyatsiz. Bundan tashqari, koʻplab yesa boʻladigan qoʻziqorinlarning bu plastinkalari umuman pushti rangda bo‘lmaydi. Angliyada zaharli qoʻziqorinlarning faqat bitta — “oʻlik qalpoqcha” deb ataladigan turi mavjud. Dastlab qoʻziqorin yarmi yerga koʻmilgan tuxumga oʻxshaydi, keyinchalik o‘rtasi qoramtir boʻlgan qalpogʻi och jigarrang yoki yashil-sargʻish rangga kiradi, oq oyoqchasi paydo boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!