Mikroblar nima?
Mikrobning odamga qanday zararlari bor? Mikrob organizmda qanday paydo bo'ladi?
3 min
Bu nima?

Ming yillar davomida inson kasallik keltirib chiqaradigan narsa haqida tasavvurga ega emas edi. Ibtidoiy odamlarda bu haqda “tushuncha” bor edi xolos. Ular kasallikni tana ichida yashaydigan yovuz ruhlar keltirib chiqaradi, deb hisoblagan.

1865-yilga kelib fan kasalliklar sababi mikrob ekanini isbotlagan. Birinchi boʻlib Lui Paster kasallik sababi mikrob degan nazariyani ilgari surgan. Bugun esa mikrob insonning eng xavfli “dushmani” ekanini bilamiz. U faqat mikroskop ostida koʻrinadigan eng mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir. Uning baʼzi turlari shunchalik kichikki, deyarli koʻrinmaydi!

Mikrob yoki mikroorganizmlar hayvon hamda oʻsimlikdan kelib chiqadi. Hayvon mikroblari “irotozoa”, oʻsimlikniki esa “bakteriya” deb ataladi. Mikroblarning uchinchi guruhi “filtrlanadigan viruslar” deb nomlanadi. Ular shunchalik kichikki, hatto kattaroq organizmlarni ushlab qoladigan eng nozik filtrlar¹ orqali ham oʻta oladi.

Mikrobning bir turi faqat bitta kasallikni keltirib chiqaradi. Masalan, qizilcha² keltirib chiqaradigan mikroblar bezgak³ yoki boshqa kasalliklarni qoʻzgʻamaydi. Qizamiqni⁴ faqat bitta turdagi mikroblar keltirib chiqaradi. Biroq uning xuddi kasallik tugʻdiruvchi mikroblar kabi odamlarga foydali boʻlgan koʻplab turlari ham mavjud.

Agar mikroblar keltirib chiqaradigan kasallik bilan ogʻrigan odam nobud boʻlmasa, uning tanasini ertami-kechmi bu mikroblar yoʻq qiladi. Odam qizilcha, qizamiq yoki tepki kabi baʼzi kasalliklarga qayta chalinmaydi. Tananing bunday takroriy kasallanishga qarshi turish qobiliyati “faol immunitet” (virus, bakteriyalar hujumidan himoya qiluvchi tizim) deb ataladi. Ayrim hayvonlar “tabiiy immunitetga” ega, yaʼni ular boshqa hayvonlar chalinadigan kasalliklardan aziyat chekmaydi. Emlash va antitoksinlar⁴ odamlarda baʼzi mikroblarga qarshi immunitet hosil qiladi.

Filtrlanadigan viruslar qizamiq, quturish, suvchechak, bolalar falaji, oddiy gripp, tumov kabi kasalliklar keltirib chiqaradi. Olimlar bu eng mayda va deyarli koʻrinmas mikroorganizmlar haqida hali koʻp narsalarni oʻrganishi kerak.

Shu kabi mikroblar ichingizga kirib olmasligi uchun ovqatlanishdan oldin qoʻllaringizni yuvishni unutmang.


[1] Filtr — suyuqlik yoki gazlarni keraksiz aralashmalardan tozalash uchun xizmat qiladigan moslama, suzgich.
[2] Qizilcha — nafas yoʻllari, koʻz va burun shilliq qavatlarining yalligʻlanishi, teriga turli toshmalar toshishi bilan oʻtadigan yuqumli kasallik.
[3] Bezgak — isitma chiqarib, qaltiratadigan yuqumli kasallik.
[4] Qizamiq — asosan bolalarda ayrim aʼzolar yalligʻlanishi, badanga qizil toshma toshishi va isitma bilan kechadigan yuqumli kasallik.
[5] Antitoksin — yuqumli kasallik davrida bemor organizmida hosil boʻladigan immun moddalar.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!