Protozoa nima?
Protozoa qanday hayvon? Protozoa qanday ko'payadi?
2 min
Bu nima?

Bir tomchi hovuz suvini mikroskop ostiga qoʻyib kuzatsangiz, unda millionlab mayda jonzotlar suzayotganini koʻrishingiz mumkin. Bu protozoa — eng sodda bir hujayrali hayvon.

Barcha protozoalar suv yoki nam joylarda mavjud boʻladi. Hozirda olimlar ularni qiziqish bilan oʻrganmoqda, chunki aynan ular hayvonlar hayotini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha funksiyalarni bajaradi. Ov qiladi, ovqat isteʼmol qiladi, hazm qiladi va oʻzlashtiradi. Bundan tashqari, nafas oladi, ozuqadan olingan energiyani sarflaydi va chiqindilardan xalos boʻladi. Shuningdek, ular koʻpayish funksiyasiga ham ega. Protozoa oddiy boʻlinish yoʻli bilan, shuningdek, ularning yuzasida hosil boʻlgan oʻsimtalarning yorilishi natijasida koʻpayib, yangi mavjudotni hosil qiladi.

Protozoalarning 15 000 dan ortiq turi maʼlum bo‘lib, olimlar ularni kichik guruh yoki sinflarga ajratadi. Ikki asosiy sinf “rizopodlar” va “infuzoriyalar” deb nomlanadi.

Rizopodlarda tizimsiz joylashgan va tana ichiga yashirinishi mumkin boʻlgan “soxta qoʻl-oyoqlar” mavjud. “Foraminiforalar” yoki parmalovchilar deb nomlanadiganlari ushbu sinfga mansub. Ular mayda teshikli nozik qobiqqa ega boʻlib, dengizning iliq va sokin joylarida yashaydi. Nobud boʻlgach, ularning qobigʻi dengiz tubiga choʻkadi va yuzlab yillar davomida u yerda boʻr qatlamlarini hosil qiladi.

Infuzoriya — protozoaning yanada murakkab turi. Yuzasida joylashgan mayda tuklar suvda harakatlanishida eshkaklar sifatida ishlatiladi. Bunday tuklarga ega boʻlgan protozoaning rivojlangan shakli “siliya” deb nomlanadi.

Protozoaning ayrim turlari parazit boʻlib, inson va hayvonlar organizmida yashaydi. Hayotining maʼlum bosqichlarida ular sporalarni hosil qiladi. Protozoaning baʼzi turlari bezgak va uyqu kasalligi kabilarni keltirib chiqaradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!