20.02.2024
Davlat bayrogʻi gʻoyasi nisbatan yangi, ammo bayroqlarning oʻzi qadim zamonlardan beri mavjud. Ular jangovar harakatlar paytida qoʻmondonlik joylashgan yerni belgilash uchun ishlatilgan.
Qadimgi davrlarda bezatilgan uzun tayoqlar bayroq sifatida ishlatilgan. Qadimgi yunonlar oddiy qurol yoki tayoqlarga koʻtarilgan har qanday harf tasviri tushirilgan matodan bayroq sifatida foydalanganlar. Matodan qilingan ilk bayroq qadimgi Rimda yasalgan: bu nayza uchiga biriktirilgan novda ustidagi kvadrat shakldagi mato boʻlgan.
AQSh uchun davlat bayrogʻi tanlanayotganda bu gʻoya hali keng ommalashmagan boʻlgan. Koʻplab Yevropa davlatlari oʻz qirollari bayrogʻi ostida jang qilganlar. Fransuzlar Burbonlarning (fransuzlardan kelib chiqqan Yevropa sulolasi) oq bayrogʻidan foydalanishgan. Avliyo Georgiy bayrogʻi esa Angliyaning milliy bayrogʻi hisoblangan. Hozirgi “Yunion Jek”¹ davlat bayrogʻi 1801-yil 1-yanvarda qabul qilingan. Ehtimol, eng qadimgi davlat bayroqlari 1219-yilda qabul qilingan Daniya va 1339-yildagi Shveysariya bayrogʻi boʻlsa kerak.
AQSh ortidan koʻplab davlatlar ham oʻzlarining bayrogʻini qabul qilishgan. Fransiya inqilobidan keyin uch rangli bayroq davlat bayrogʻiga aylangan. 1805-yilda Italiyaning yashil-oq-qizil davlat bayrogʻi qabul qilingan. XIX asrda Janubiy Amerikaning koʻplab davlatlari oʻz bayroqlarini eʼlon qilishgan va bu gʻoya hamma joyda ommalasha boshlagan.
Ozodlik urushi boshlanishidan avval har AQShning faqatgina bir shtati oʻz bayrogʻiga ega boʻlganini bilarmidingiz? Massachusetts bayrogʻida qaragʻay, Janubiy Karolinada — shaqildoq ilon, Nyu-Yorkda — oq maydondagi qora suv qunduzi tasviri boʻlgan.
Qoʻshma Shtatlar davlat bayrogʻini tanlashda dastlab unga ingliz “Yunion Jek” tasvirini ham kiritish taklif qilingan. Bu gʻoya rad etilib, uning oʻrniga 13 ta yulduz kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi esa nisbatan ancha yosh — u 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan.
[1] Yunion Jek (inglizchada “Union Jack”) — Buyuk Britaniya bayrogʻi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.