Irqlar qanday kelib chiqqan?
Dunyoda nechta irq borligini bilasizmi? Irqlar qanday kelib chiqqan?
2 min
Tarix

Mavjud dalillar asosidagi olimlarning fikriga koʻra, butun insoniyat bitta kelib chiqish joyi va barcha irqlar umumiy oʻtmishdoshlarga ega. Ayrim mutaxassislarning maʼlumotlariga tayanadigan boʻlsak, insonning umumiy ajdodi zamonaviy odamga juda oʻxshash boʻlib, u dastlab Osiyoda paydo boʻlgan. Boshqa olimlar birinchi odam dastlab bir nechta joyda turli vaqtlarda paydo boʻlgan, keyinchalik ular aralashib zamonaviy irqlar shakllangan deb hisoblaydilar.

Zamonaviy insonning ajdodlari taxminan 500 000 yil oldin Gʻarbiy Osiyoda kichik guruhlar boʻlib yashagan. Alohida yashagan bunday kichik guruhlarda koʻz bichimi, bosh va yuz shaklidagi farq belgilari paydo boʻla boshlagan. Keyinchalik yangi yashash joylariga ehtiyoj paydo boʻlgan va taxminan 300 000 yil oldin bu ibtidoiy odamlar guruhlari janubi-sharqqa Indoneziya tarafga, shuningdek shimolga, Xitoy tarafga qarab harakatlanishgan. Sal keyinroq odam Yerning boshqa qismlariga ham koʻchib oʻtgan va u yerda baʼzi guruhlar yakka holda rivojlangan, boshqalari esa aralashib ketgan.

Bugungi kunda odamlar uchta asosiy irq mavjudligini biladilar. Bu barcha “oq tanli” odamlarni birlashtirgan yevropeoid irqi, mongoloid va Afrikaning oʻrmonli hududlarida yashagan aholi singari negroid irqi.

Ilgari barcha odamlar terisining rangiga koʻra besh guruhga boʻlingan. Teri rangi odamning qaysi irqqa mansub ekanini belgilab berolmagani sababli bunday tasnifdan voz kechildi. Shuningdek, buni bosh va burun shakli yoki qon guruhi kabi biron bir xususiyatga asoslanib amalga oshirish ham imkonsiz. Koʻp xususiyatlarni hisobga olish kerak boʻladi.

Shunday qilib, irq — bu ota-bobolaridan meros boʻlib oʻtgan va ularni boshqa irqlardan ajratib turadigan umumiy jismoniy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar guruhi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!