Jargon qanday paydo bo‘lgan?
Qanday so'zlar jargon so'zlar deyiladi? Jargon va sleng bitta narsami?
2 min
Tarix

Jargon yoki sleng bu — standart tilning oʻzgargan shakli. Agar e’tibor berilsa, turli xil jargonlar (biron guruhga xos, faqat maʼlum doirada ishlatiladigan va adabiy tildan farq qiladigan so‘z va iboralar)ni aniqlash mumkin. 

Masalan, jargon bir nechta soʻzlarni birlashtirish orqali hosil boʻladi. Masalan, shtreykbrexer, soʻzlarni qisqartirish (mayk, ok), tovushlarga taqlid qilish (gum, paq, taq), chet tillaridan oʻzlashtirish (samuray, drayver), shuningdek, oʻxshashlik va qiyoslash (tepish, uxlatish) orqali.

Jargon turlari har xil sabab va sharoitga koʻra paydo boʻladi. Biron-bir professional (biror kasbga oid va unga bog‘liq boʻlgan) guruhda yangi soʻz va iboralarning paydo boʻlishi umumiy usullardan biridir. 

Shuni yodda tutish kerakki, ko‘pincha bitta guruh tomonidan ishlatiladigan jargon soʻzlar boshqa guruhlarda boshqacha maʼnoga ega. Baʼzi shartlar yangi soʻzning paydo boʻlishini tezlashtiradi. Masalan, aholining turli millat vakillari va qatlamlarini oʻz ichiga olgan yangi guruhlarning shakllanishi yangi jargonning tez yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Masalan, qurolli kuchlarda qo‘llaniluvchi “voki-toki”, “samovolka”, “dembel” kabilar…

Baʼzan biron kishi yangi soʻz oʻylab topadi va qolganlar esa uni ilib ketadi. Koʻp hollarda bir vaqtlar jargon hisoblangan yangi iboralar vaqt oʻtishi bilan lugʻatlarga kiritiladi.

Siz yashaydigan hududda foydalaniluvchi qanday “maxsus” soʻzlarni bilasiz?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!