Kitoblar qachon paydo bo‘lgan?
Birinchi kitoblar nimadan tayyorlangan? Ilk kitoblar yasalish jarayoni qiziqmi?
2 min
Tarix

Biz bilgan kitoblar oʻrta asrlarda paydo boʻlgan. Naycha shaklida oʻralgan papirus¹ ularning oʻrnini bosgan. Papirus varaqlari bir-biriga yopishtirilib oʻralgan. Rim aholisi ularni “volyumen” deb atashgan. Inglizcha “volume”, yaʼni “jild” soʻzi shundan kelib chiqqan.

XV asrning oʻrtalariga kelib papirus oʻrnini pergament (hayvon terisi) egalladi. U qoʻy va echki terisidan, eng nozik pergament esa buzoq terisidan tayyorlangan. Uning bir tomoniga matn yozilgan, soʻngra bir xil oʻlchamdagi varaqlar kesilib, charm kamarlar bilan mahkamlangan. Agar biz buni kitob deya olsak, birinchi kitoblar shu shaklda boʻlgan.

Ammo zamonaviyga oʻxshash kitoblar birinchi marta oʻrta asrlarda yaratilgan. Pergamentning toʻrtta boʻlagi oʻrtasidan teng ikkiga buklangan, shunda har birida ikkitadan varaq hosil boʻlgan. Keyin ular ustma-ust joylashtirilgan, natijada jami 8 varaq yoki bitta qism kelib chiqqan.

Tayyor qismlar xattotga² yuborilgan. U matn yozgan. Xattot varaqlarni ajratib, har bir sahifa ustida alohida ishlagan. Pergament ikki tomondan ham yozish uchun yetarli darajada qalin boʻlgan.

Keyin tugallangan qismlar muqovachiga joʻnatilgan. U har bir qismni buklangan chiziq boʻylab chilvirlar (ingichka arqon) bilan tikib chiqqan. Soʻngra yogʻoch muqovalar tayyorlangan. Qismlarni biriktirish uchun chilvir uchlari yogʻochdagi teshiklardan oʻtkazilgan, keyin qismlarning birlashgan joylarini yopish uchun yogʻoch muqovaga katta teri parchasi yopishtirilgan. Tayyor kitoblar bezatilgan va ehtiyotkorlik bilan saqlangan.

Oʻrta asrlardagi birinchi kitoblarning koʻpchiligi Injil, vaʼzlar va boshqa diniy adabiyotlar boʻlgan. Keyinchalik huquqiy, tibbiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar paydo boʻlishni boshlagan. Undan keyin esa tarixiy yilnomalar va romanlar nashr etilgan. Oʻrta asrlarda kitoblarning aksariyati lotin tilida yozilgan.


[1] Papirus — oʻrta asrlarda papirus oʻsimligi poyalaridan tayyorlangan yozuv materiali.
[2] Xattot — chiroyli yozadigan odam; kalligraf.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!