Birinchi inglizcha lug‘atni kim yozgan?
Birinchi inglizcha izohli lug'at haqida. Lug'at haqida ma'lumot
2 min
Tarix

Lugʻat qanday paydo boʻlganini bilasizmi? Lotin tilida “diksionarius” soʻzi “soʻzlar toʻplami” degan maʼnoni anglatadi. Ingliz oʻqituvchisi Jon Garland birinchi boʻlib oʻquvchilar yoddan bilishi kerak boʻlgan lotincha soʻzlar roʻyxatini shunday nomlagan. Bu taxminan 1225-yilda roʻy bergan. Izohli lugʻatning inglizcha nomi lotincha soʻzdan kelib chiqqan.

300 yildan ortiq vaqt davomida biron bir inglizcha soʻz birorta lugʻatda bo‘lmagan. Angliyada lugʻatlarning aksariyati lotin tilini oʻrganayotgan odamlarga yordam berish uchun yozilgan. Ushbu kitoblar nomlari haqiqatan ham mazmunli boʻlgan. Masalan, “Kichkinalar uchun ombor” yoki “Soʻzlar bogʻi” kabi.

Nihoyat 1552-yilda Richard Haloet tomonidan tuzilgan inglizcha soʻzlarning birinchi lug‘ati nashr etildi. Lugʻatning nomi uzun edi: “Absedarium Angliko-Latinum pro Tirunkulis”. Koʻrib turganingizdek, ushbu kitob ham lotin tilida nomlangan. Uning boshqa lugʻatlardan farqi shunda ediki, unda har bir inglizcha soʻzning, avvalo, inglizcha izohi keyin lotinchada tarjimasi yozilgandi. Lugʻatda dastavval inglizcha soʻzlar izohi bilan kelgani uchun birinchi inglizcha izohli lugʻat sifatida tan olingan.

“Absedarium” lug‘ati 26 000 soʻzdan iborat edi. U juda mashhur, lekin nihoyatda qimmat edi. Natijada shunga oʻxshash hajmi kichik, ammo oddiy oʻquvchi uchun hamyonbop koʻplab kitoblar nashr etilgan.

Oʻsha vaqtlarda lugʻat tuzuvchilar ingliz tilidagi barcha soʻzlarga emas, faqat eng murakkablariga izoh kiritgan. “Inglizcha izohli lugʻat” deb nomlangan birinchi kitob 1623-yilda Genri Kokerem tomonidan tuzilgan.

1807-yil AQShda Noy Vebster ulkan lugʻat ustida ish boshlagan. Mazkur lug‘at 1828-yilda nashr etilgan va unda 12 000 soʻz va 40 000 sharh mavjud edi. Vebstergacha hech kim bunday ish qilmagan, u qiyin soʻzlar imlosini biroz soddalashtirgan, shuning uchun Angliya va Amerikada baʼzi inglizcha soʻzlarning imlosi farq qiladi.

Sizning smartfoningizda nechta lugʻat bor?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!