Tangalar nomi qanday kelib chiqqan?
Tangalar nomi qanday kelib chiqqan? Dollar so'zi tarixiga qiziqib ko'rganmisiz?
2 min
Tarix

Pul va tangalar olamida ularning nomi qanday kelib chiqqani haqida juda koʻp qiziqarli voqealar mavjud. Keling, shunday bir nechta hikoyalar bilan tanishamiz.

Metall pulni bildiruvchi inglizcha “koyn” soʻzi “pona” (narsalarni yorish, biriktirish uchun ishlatiladigan bir uchi tigʻli yogʻoch yoki temir) degan maʼnoni anglatadigan lotincha “cuneus”dan kelib chiqqan. Chaqa-tangalarni zarb qiladigan moslama ponaga oʻxshash boʻlgan.

“Dollar” soʻzi Bogemiyada (Markaziy Yevropadagi qadimiy hudud) kumush konlari boʻlgan davrlarga borib taqaladi. Zarbxona Yoaximstaler deb nomlangan joyda joylashgan. Vaqt oʻtishi bilan odamlar pulini “taler” deb atashni boshlagan, keyinchalik taler dollarga aylangan.

Oʻn sent (pul birligi) chaqa pulni ifodalaydigan “daym” soʻzi lotincha “detsimus”dan kelib chiqqan boʻlib, “oʻninchi” degan maʼnoni anglatadi.

Amerika sentining nomi fransuz tilidan olingan: u “yuz” degan maʼnoni anglatadi. Axir yuz sent bir dollar degani-ku! Fransuzlar esa uni lotincha “sentum”dan oʻzlashtirishgan.

Ingliz funti lotincha “pondo” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, funt yoki vazn oʻlchovini anglatgan. Ispan pesosi va italyan lirasi ham qadimgi davrlarda vazn oʻlchovini ifodalagan.

Fransuz franklarining nomi “franklar qiroli” degan maʼnoni anglatuvchi ikkita lotincha soʻz — “Frankorum Reks”dan kelib chiqqan. Ushbu ikki soʻz birinchi fransuz tangalarida zarb qilingan. Janubiy Amerikaning gʻarbiy qismidagi Peru davlatida “sol” deb ataladigan tanga bor, ispan tilida bu soʻz “quyosh” degan maʼnoni anglatadi. Qadimgi inklar va peruliklar quyosh xudosiga ibodat qilishgan.

“Krona” va “soveren” ushbu tangalarni quyish uchun toj kiygan shaxsdan maxsus ruxsat olinganini anglatuvchi nomlardir. Panama davlatining pul birligi “balboa” buyuk tadqiqotchi, Venesueladagi “bolivar” esa milliy qahramon sharafiga nomlangan.

Xoʻsh, siz tanga toʻplashga qiziqasizmi? Ularni bir sanab koʻring. Sir boʻlmasa, qancha pul yigʻib qoʻyibsiz? 

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!