20.02.2024
Sochlar terining muguz qatlami rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan. Sochimizda asab tolalari boʻlmagani tufayli ularni qirqqanimizda ogʻriq sezmaymiz. Soch tashqi koʻrinishning muhim qismi hisoblanadi. Qirqish va turmaklash oson boʻlgani sababli odamlar qadim zamonlardan sochiga oro bera boshlagan.
Kim birinchi boʻlib sochini qirqish va tarashni boshlagan degan savolga hech kim javob berolmaydi. Biroq ming yillar oldin ibtidoiy ayollar taroqdan foydalangan, qadim zamonlardanoq erkaklar ham, ayollar ham sochini oʻrib yurgan.
Lekin yaqin davrlardan buyon erkaklarda sochini qisqa qilib kesish, ayollarda esa uzun qilib oʻstirish urf-odati paydo boʻldi. Oʻrta asrlarda erkaklar sochini uzun oʻstirgan, oʻrgan, hatto unga tasmalar ham taqqan. Soch yetarlicha uzun bo‘lmaganida esa soch parik kiyilgan.
Erkaklar uchun qisqa sochni birinchi boʻlib Angliya qiroli Genrix VIII modaga kiritgan. U barcha erkaklarga sochini oldirishni buyurgan bo‘lsa-da, soqollarini oʻstirib, moʻylovini burama qilishga ruxsat bergan. Jeyms I qirol boʻlgach esa uzun soch va pariklar yana modaga qaytgan.
XVII asr oʻrtalarida Angliyaning erkak aholisi ikkiga boʻlingan: uzun soch, kalta soqol qoʻyganlar hamda sochini qisqartirib, soqolini oʻstirganlar. Keyingi yuz yil ichida moda doimiy ravishda oʻzgarib turgan va nihoyat XIX asrning boshlarida erkaklar sochini qisqa qilib oldirishi kerak boʻlgan tartib oʻrnatilgan.
Ayollar har doim sochini oʻstirishga intilgan, biroq Lyudovik XIV saroyida ularni jingalak qilish moda boʻlgan. Bugungi kunda ayollar sochini nafaqat moda boʻlgani uchun, balki parvarishlash osonroq boʻlgani tufayli ham kalta kestiradilar. Chunki bu holatda doimiy ravishda soch toʻgʻnagʻich ishlatish, ularni uzoq vaqt tarash va turmaklash talab qilinmaydi.
Sartarosh va sartaroshxonalar ham yaqin davrlarda paydo boʻlgan. Angliyada ular faqat 1461-yilga kelib, Fransiyada esa Lyudovik XIV davrida e’tirof etilgan.
Darvoqe, insonda soch suyak iligidan keyin tanadagi ikkinchi eng tez o‘sadigan to‘qima ekanini bilasizmi?
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.