Tuxum qanday shakllanadi?

Tuxumdan soddaroq yana nima ham boʻlishi mumkin? Ammo uning paydo boʻlishi juda murakkab jarayon ekani ko‘pchilikka nomaʼlum. Dastlab qushning qornida tuxum sarigʻi hosil boʻladi. U tuxumdon deb ataladigan maxsus aʼzo ichida shakllanadi.

Tuxum sarigʻi hosil boʻlgandan soʻng u tuxum yoʻliga oʻtadi. Bu yerda tuxum oqi vujudga keladi. Tuxum, aniqrogʻi uning qismi tuxum yoʻlining pastki uchiga oʻtib, terisimon poʻstloq va qobiq bilan qoplangach, u tayyor boʻladi. Qobiq yetarlicha qattiq, ammo unda teshikchalar ham bor. Tuxumning suyuq tarkibi teshikchalar orqali asta-sekin bugʻlanib, rivojlanayotgan embrionni kislorod bilan taʼminlanishi uchun havo ichkariga kiradi.

Embrion bu — joʻja tanasi rivojlanadigan qism. Qobiq ichidagi terisimon poʻstloq tuxumning toʻmtoq uchida yana bir havodor qobiqni hosil qiladi.

Ichkarida albumin deb nomlanuvchi oqsil ham bo‘ladi. U asosan suvdan iborat bo‘lgan taʼm va hidsiz suyuqlik boʻlib, koʻrinishidan jelega oʻxshaydi. Tuxum oqida oq rangli iplarni koʻrishimiz mumkin. Ularning vazifasi tuxum sarigʻini toʻr belanchak kabi tuxumning markazida ushlab turish va uni zarbalardan asrashdir. Tuxum sarigʻining oʻzi yumaloq shaklda boʻlib, u yuzasidagi kichik boʻshliqda joylashgan embrion uchun ozuqa vazifasini oʻtaydi. Agar yangi tovuq tuxumi sarigʻi diqqat bilan koʻzdan kechirilsa, unda embrionni koʻrsa bo‘ladi. Biroq boshqa qushlarning tuxumidagi embrion shunchalik kichikki, ular faqat mikroskop ostida koʻrinadi.

Tuxumning kattaligi har doim ham qushning kattaligiga bogʻliq emas. U rivojlanayotgan embrionni tuxumdan chiqqunga qadar oziqlantirish uchun zarur boʻlgan ozuqa miqdoriga bogʻliq.

Dunyoga kelib, toʻliq rivojlanishi uchun yetarli ozuqa boʻlmagani sabab joʻjalar tuxumni yorib chiqqach, oʻzi haqida qaygʻurishga qodir boʻlgunga qadar koʻr va ojiz boʻladi. 

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!