Inson qachon sut ichishni boshlagan?
Sut haqida ma'lumot
2 min
Tarix

Bugungi kunda sut haqida gapirganimizda biz sigir sutini nazarda tutamiz. Chunki inson isteʼmol qiladigan sutning katta qismini sigirdan oladi. Lekin boshqa jonzotlar suti ham butun dunyo boʻylab isteʼmol qilinadi. Masalan, Hindistonda buyvol (qoramol turi) sutidan foydalaniladi. Oʻrta dengiz boʻyidagi mamlakatlarda echki suti keng tarqalgan. Yevropaning shimoliy qismida esa shimol kiyiklari suti oziq-ovqatga ishlatiladi.

Xoʻsh, inson qachon sutni tatib koʻrgan va undan yogʻ hamda pishloq olishni boshlagan? Bu narsalar qachon boʻlganini hech kim bilmaydi.

Qatiq, yogʻ va pishloq ming yillar avval Osiyo yaylovlarida chorvachilik bilan kun kechiradigan insonlarning kundalik taomi boʻlgan. Muqaddas kitoblarda ham sutga koʻplab ishoralar bor. Miloddan avvalgi 1500-yillarda Xanaan yurti “sut va asal” oʻlkasi sifatida tilga olingan. Bu misollar sut bundan ham avvalroq maʼlum boʻlganini koʻrsatadi.

Biz konsentratsiyalangan va quruq sut yaqinda paydo boʻlgan deb oʻylashimiz mumkin. Aslida 1200-yillardayoq tatarlar konsentratsiyalangan, katta ehtimol bilan quruq sut tayyorlagan. Uni Chingizxon boshchiligidagi yurishlarda isteʼmol qilishgan. 

Quyiltirilgan sut tayyorlash uchun birinchi patent 1856-yilda berilgan. Bu mahsulot fuqarolik urushi vaqtida keng isteʼmol qilingan. 

Sigir suti 87 foiz suvdan tashkil topgan boʻlib, tarkibida kundalik kalsiy normasi, oqsil va A hamda B vitaminlari bor.

Mana endi sut haqida qiziqarli maʼlumotlarni bilib oldingiz. Doʻstlaringizga aytib berishni yoddan chiqarmang!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!