20.02.2024
Ming yillar oldin insonlarga yoqqan ichimlikni haligacha ichayotganimizni oʻylash hayratlanarli! Shunday emasmi? Hammamiz sevib iste’mol qiladigan choy ana shunday ichimlikdir.
Xitoyliklar choyning yaxshi tetiklashtiruvchi taʼsirini 4000 yildan buyon qadrlaydi. Gʻarbliklar esa bu ichimlik haqida xabar topib, uni yoqtirib qolishi uchun anchagina kutishiga toʻgʻri kelgan. Chunki choy Yevropaga taxminan 300 yil oldin kirib borgan. XVII asrning boshlaridagina Yevropa va Shimoliy Amerika choy ichishni boshlagan. Shunday qilib, Xitoyda choy savdosi rivojlangan. Hatto Shimoliy Amerika va Yevropaga eng yaxshi choy navlarini tashish uchun “choy kliperlari” deb nomlangan tezyurar kemalar paydo boʻlgan.
Inglizlar Hindistonning Assam shahrida yovvoyi choy butalarini topgan. Biologlar fikriga koʻra, Xitoyda yovvoyi choy topilmagani uchun, xitoyliklar urugʻlarni mamlakatiga Hindistondan olib kelib ekkan. Inglizlar hind oʻsimliklari ham Xitoyniki kabi yaxshi choy berishini aniqlagan. Katta choy plantatsiyalari dastlab Hindistonda, soʻngra Seylonda tashkil etilgan. Seylonda choy ishlab chiqarish asosiy sohaga aylangan va 1940-yilga kelib Seylon choy eksporti boʻyicha Xitoyni ortda qoldirgan.
Shuningdek, choy Yava, Sumatra va Formozada ham doimiy oʻstirilgan. Choy daraxtlarining ikki turi mavjud. Xitoyda ularning balandligi 1 metrga yetadi. Hind daraxtlari esa imkon berilsa, 6 metrgacha yetishi mumkin.
Inglizlar ashaddiy choyxoʻr ekanini bilasizmi? Birgina ingliz yiliga taxminan 4 kg, amerikalik esa atigi 0,5 kg choy ichar ekan. ☕️
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.