Konfetlar qayerda paydo bo‘lgan?
Konfetlar qayerda paydo bo'lgan?
3 min
Tarix

Biror narsadan xafa bo‘lib yoki yig‘lab turgan bolaning qo‘liga konfet tutsangiz, shu zahoti uning kayfiyati ko‘tariladi. Konfetni yaxshi ko‘rmaydigan bolaning o‘zi bo‘lmasa kerak. Siz ham konfetni sevib iste’mol qilasizmi? Unda quyidagi ma’lumotlarimiz aynan siz uchun.

Qadimgi davrlarda deyarli har bir mamlakatda odamlar konfetga oʻxshash narsalarni isteʼmol qilgan. Misrda olib borilgan qazish ishlari paytida shirinliklar qanday koʻrinishda boʻlgani va qanday tayyorlangani haqida ma’lumot beruvchi rasm va yozuvlar topilgan.

Oʻsha vaqtda tozalangan shakar odamzod uchun nomaʼlum boʻlganligi sababli asal shirinlik sifatida isteʼmol qilingan. Misrdagi konfetlarning asosiy tarkibiy qismi xurmo boʻlgan.

Sharqning baʼzi mamlakatlarida har bir qabila oʻz qandolatchisi va maxfiy retseptlariga ega boʻlgan. Ushbu mintaqalarda uzoq vaqt davomida bodom, asal va anjir konfet tayyorlash uchun qoʻllanilgan. 

Yongʻoq va koʻknor urugʻi asal bilan birga qaynatilib, unga qalampir hamda asal shimdirilgan kunjut urugʻlari sepiladigan qadimgi Rim retsepti mavjud. Ushbu retsept asosida yongʻoqholvaga oʻxshash shirinlik tayyorlangan.

Yevropada shirin qiyom ichilgan, ammo u faqat dori-darmonlarning yoqimsiz taʼmini bosish uchun ishlatilgan. Hech kim konfet tayyorlash haqida oʻylamagan. XVII asrda Yevropada mustamlakalardan olib kelinadigan shakar miqdori orta boshlagach, qandolatchilik o‘ziga xos sanʼat turiga aylangan.

Fransuzlar mevalarga shakar aralashtirib, yangi retseptlar ishlab chiqishgan. Ulardan biri “prolings” deb nomlangan yongʻoqli shakar qiyomi hisoblanadi. Ehtimol, u mashhur Yangi Orlean pralinining oʻtmishdoshi boʻlgandir.

Mustamlakachilik va undan keyingi davrlarda uyda konfet tayyorlash uchun chinor shakari, qora shinni va asal ishlatilgan. Bizning buvilarimiz gulsapsar ildizi va zanjabil shirasini qoʻshib obaki tayyorlashgan.

Yirik konfet ishlab chiqarish korxonalarida asosiy tarkibiy qism sifatida shakarqamish yoki qand lavlagi shakari ishlatiladi. U makkajoʻxori qiyomi va uning shakari, yalpiz, asal, limonoʻt va chinor shakari bilan aralashtiriladi. Shundan soʻng shokolad, meva, yongʻoq, tuxum, sut va sut mahsulotlari, shuningdek, vanilin (shirinliklarga qoʻshiladigan xushboʻylashtiruvchi vosita) va boʻyoqlar qoʻshiladi. Baʼzi hidlar vanilin, limon, yalpiz kabi tabiiy manbalardan, ayrimlari esa sunʼiy ravishda olinadi.

18-oktabr — shirinliklarga befarq bo‘lmagan har bir kishi uchun bayram. Nega deysizmi? Chunki har yili shu sanada Butunjahon konfet kuni nishonlanadi. ?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!