Birinchi ko‘prikni kim qurgan?
Ko'prik nima? Ko'prik haqida ma'lumot
2 min
Tarix

Bu savolga javob berish uchun tarixdan oldingi davrlarga murojaat qilishimiz kerak. Chunki odam har doim va hamma joyda yoʻlida duch kelgan anhor, daryolarni kesib o‘tish yoʻlini izlashga majbur boʻlgan.

Ehtimol, tabiatning oʻzi odamga birinchi koʻprikni daraxt biron bir anhorga ustiga koʻndalang qulab tushganida yaratib bergandir. Odamzod buni osongina oʻzlashtirib olgan bo‘lishi mumkin. Balki bironta qadimgi muhandis anhor oʻrtasiga toshlarni tashlab, ularni qirgʻoq bilan bogʻlash uchun xodalar qo‘yishni oʻylab topmagunicha, yogʻoch koʻpriklar uzoq vaqt ishlatilgandir.

Bitta mukammal boʻlmagan tayanchga ega oddiy toʻsinli koʻprikning paydo boʻlishi mana shunday boʻlgan. Keng va sayoz anhor ustida koʻprik qurishning navbatdagi bosqichida bir nechta tayanch ustunlari qurilib, xodalar yoki tosh plitalar bilan birlashtirilgan. Ikkita xoda yonma-yon yotqizilgan va ustiga toʻshama sifatida koʻndalang toʻsinlar taxlab chiqilgan. Natijada hozirgacha qishloq joylarida uchraydigan kichik daryolardagiga oʻxshash yogʻoch toʻsinli koʻprik paydo boʻlgan. Bugungi kunda yirikroq toʻsinli koʻpriklar temir, juda baquvvatlari esa poʻlat toʻsinlar ustiga qurilmoqda.

Koʻprik oraligʻi juda uzun boʻlmasligi lozim, ammo kerakli tayanch ustunlarini qursa boʻladigan joyda har qanday uzunlikdagi koʻprik qurilishi mumkin. Shuning uchun ham koʻplab uzun temir yoʻl viaduklari (yo‘l ustidan o‘tgan ko‘prik) aynan toʻsinli koʻpriklardir.

Har qanday koʻprik ikki asosiy qism — oraliqlar oʻrtasidagi tuzilma va ularni ushlab turuvchi tayanch ustunlaridan iborat.

Tayanch ustunlari mustahkam boʻlishi kerak, chunki agar ular choʻksa yoki suv yuvib ketsa, butun koʻprik qulashi mumkin. Hozirda muhandislar koʻprik tayanchlarini iloji boricha chuqurroq oʻrnatishga harakat qiladi va bu koʻpincha katta hajmdagi qazish ishlarini talab qiladi. Masalan, Missuri shtatining Sent-Luis shahrida Missisipi daryosi ustidagi Idz koʻprigi qurilganida, tayanchlar suv sathidan 40 metr pastga, San-Fransisko va Oklendni bogʻlagan koʻrfaz ustidagi koʻprik tayanchlari hatto 70 metr pastga oʻrnatilgan.

Ko‘priklar nafaqat amaliy vazifalarni bajaradi, balki o‘zining shakli, ulug‘vorligi bilan kishiga estetik kayfiyat ham beradi. Sokin oqib turgan anhor yoki daryo ustidagi ko‘prikda turib, tabiatni kuzatish sizga ham o‘zgacha zavq bersa kerak-a?!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!