20.02.2024
Qoʻngʻiroq bu — zarb orqali chalinib, musiqiy tovush hosil qiladigan asbob. Eng qadimiy musiqa asboblari aynan urib chalinadigan boʻlgani tufayli u yoki bu turdagi qoʻngʻiroqchalarni insonning birinchi musiqa asboblaridan biri deb hisoblash mumkin. Ammo ularning tarixini aniq belgilash imkonsiz, chunki bu juda uzoq oʻtmishga borib taqaladi.
Masalan, 4 ming yil oldin xitoyliklarning romga osilgan 16 ta tekis toshdan iborat asbobi boʻlgan va ularga yogʻoch bolgʻacha bilan urilganda, gʻayrioddiy tovushlarning butun majmuasi paydo boʻlgan. Albatta, bizning tasavvurimizda qoʻngʻiroqchalar qandaydir metalldan yasalgan boʻlishi kerak. Masalan, shoh Sulaymon butxonasi tomida qushlarni quvish uchun katta oltin qoʻngʻiroqchalar boʻlgani taxmin qilinadi.
Qadimgi yunon va rimliklarda turli xil, shu jumladan, choʻntak qoʻngʻiroqchalari boʻlgan. Afinada ular kohinlar tomonidan ishlatilgan, Spartada esa podshoh vafot etganida ayollar koʻchalarda kichik qoʻngʻiroqchalar chalib, namoyishkorona yurish oʻtkazgan.
Taxminan miloddan avvalgi 612-yilda vayron qilingan Nineviyadagi qazish ishlari davomida bronza qoʻngʻiroqchalar topilgan. Zamonaviy qoʻngʻiroqchalarga oʻxshash kichik qoʻngʻiroqlar esa Perudagi taxminan 1500 yillik qadimiy qabrlardan topilgan.
Qoʻngʻiroqchaning ibtidoiy shaklidan rivojlanishi ikki — sharqiy va gʻarbiy yoʻnalishda davom etgan. Sharqda u shartli ravishda “qozon” va “kosa” deb atalgan shaklda bo‘lgan. Kosa qoʻngʻiroq sharqona asbob boʻlgan zangga, qozon qoʻngʻiroq esa xitoy va yapon bochkalariga aylangan.
Gʻarb sivilizatsiyasida qoʻngʻiroqcha qadah shaklida rivojlangan. Keyinchalik u “tilcha” bilan toʻldirilgan va uni ichkaridan urish mumkin boʻlgan. Cherkov gumbazi ostida teskari holatda ilingan katta mis yoki bronza qadah birinchi marta 400-yillar atrofida paydo boʻlgan.
Hozirda ishlatiladigan bronza qoʻngʻiroqlarning 80 foizi mis va 20 foizi bronzadan iborat.
Maktabda biror zerikarli darsda o‘tirganingizda tanaffus uchun qo‘ng‘iroq chalinsa, bu tovush juda yoqimli tuyulsa kerak-a? ?
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.