20.02.2024
Kriket o‘yini XV asrda Angliyada paydo boʻlgan deb hisoblanadi. Har holda shu yerda oʻynalgani aniq. Kriket oʻyini haqidagi eʼlonlar gazetalarda XVIII asrning boshida joylashtirila boshlangan. Graflikning roʻyxatdan oʻtkazilgan birinchi kriket chempionati 1719-yilda boʻlib oʻtgan. 1750-yilga kelib, kriket maydonining oʻlchami — uzatma chiziqlari oʻrtasida 20 metr, ikki kegayli darvozaning balandligi 56 santimetr va kengligi 15 santimetr qilib belgilangan. Hozirgilaridan farqli bo‘lgan bita (chillak) uchun hech qanday cheklov o‘rnatilmagan. Oʻsha vaqtlarga oid rasmlardagi oʻyinchilar oq koʻylak, briji (etik shim), paypoq, turli xil bosh kiyimlarda, ammo asosan silindrlarda tasvirlangan.
1750-yilda tashkil etilgan Uimbldon klubi kriket tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Gempshirdagi kichik bir qishloq jamoasi Angliya terma jamoasini magʻlubiyatga uchratishi bilan qishloq shuhrati ortib ketgan. Oʻsha paytda toʻpni yetkazib berish faqat pastdan amalga oshirilgan va tez orada bu himoyachilar uchun xavf tugʻdirmay qoʻygan.
1781-yildan beri mavjud boʻlgan “Lordlar kriket maydonchasi”ning ham kriket tarixida alohida o‘rni bor. 1814-yilda u “Marilbon kriket klubi” oʻz shtab-kvartirasini tashkil etgan hozirgi joyiga koʻchirilgan. 1788-yilda tashkil etilgan ushbu klub kriketda moda ommalashtiruvchisiga aylangan. XIX asrning boshida kriket darvozasining yakuniy oʻlchamlari 69 santimetrga 23,5 santimetr qilib belgilangan. 40-yillarda toʻpni aylanma uzatish ommalashguniga qadar, zarba qaytaruvchilar boulerlar (uzatuvchilar) ustidan katta ustunlikka ega boʻlgan. Yuqoridan uzatish esa 1864-yilgacha tan olinmagan.
Xalqaro kriket 1877-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtgan oʻyinlar bilan boshlangan. O‘yinda Angliyadan kelgan sayyohlar guruhi Avstraliya terma jamoasi tomonidan magʻlubiyatga uchratilgan. Angliyada esa birinchi xalqaro kriket oʻyini 1880-yilda boʻlib oʻtgan va urush yillarini hisobga olmaganda, xalqaro oʻyinlar shundan beri davom etib kelmoqda.
Oʻrtadagi tortishuvlarga yakuniy nuqta qoʻyish maqsadida 1907-yilda Amerika komissiyasi beysbolning kelib chiqishini oʻrganib chiqqan. 1908-yilda eʼlon qilingan xabarda beysbol faqatgina Amerika oʻyini ekani, hech qaysi chet el oʻyiniga aloqasi yoʻqligi va Dabldey tomonidan yaratilgani aytilgan. Biroq baʼzilar ushbu komissiya beysbolning kelib chiqishini chuqur oʻrganishga harakat qilmagan va u Amerika oʻyini ekanligini isbotlashni maqsad qilgan deb oʻylagan.
Ushbu fikrni tasdiqlovchi koʻplab dalillar ham toʻplangan. Ulardan baʼzilarini keltirib o‘tamiz. “Beysbol” nomining oʻzi XVIII asrdan beri maʼlum boʻlgan mashhur ingliz oʻyinini taʼriflash uchun ishlatilgan. 1744-yilda Angliyada, 1762- va 1787-yillarda Qoʻshma Shtatlarda nashr etilgan kitobda beysbol oʻyini tasvirlangan boʻlib, unda bazada chillak ushlagan oʻyinchi, uning orqasida ketcher (toʻpni ilib oluvchi), pitcher (uzatuvchi) va ikkita start maydoncha aks etgan etgan. Aslida, 1830-yilgacha nashr etilgan kitoblarda nafaqat beysbol, balki beysbol klublari haqida ham koʻp maʼlumot berilgan edi.
Aytgancha, kriket bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati 2023-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.