It zotining nomi qanday paydo bo‘lgan?
Asosiy it turlari qaysilar? It nomlari haqida ma'lumot
3 min
Tarix

Qishloqda yashasangiz va qoʻy yoki qoramolingiz boʻlsa, sizga kichkina laycha itning keragi yoʻq. Aksincha, shahardagi kichik xonadonda istiqomat qilsangiz, uzun yungli, katta it uyingizni ostin-ustun qilishi mumkin.

It boshqa hayvonlarga qaraganda oldinroq xonakilashtirilgan. Inson bu vaqt ichida turli maqsadlarda xizmat qilishi uchun 200 dan ortiq it zotini yetishtirishga muvaffaq boʻlgan.

Qadimgi rimliklar itlarni atigi uch guruhga — aqlli, jangovar va chopqirlarga bo‘lganini bilarmidingiz? Bugungi kunda Xalqaro it mutaxassislari klubi ularni oltita asosiy sinfga ajratadi: havodagi hidga qarab ov qiladigan sport itlari, yerdagi hidni sezadigan ovchi itlar, yerga koʻmilib ov qiladigan teriyerlar (it turi), ishchi itlar, kichik uy itlari va boshqa koʻp maqsadlarda foydalaniladigan itlar.

Ayrim it zotlari oʻz nomini oʻziga xos xususiyatlari tufayli olgan. Masalan, iskovuch it (inglizchada “bloodhound”) nomidan koʻrinadi: unda qon (blood) hidini sezish instinkti bor. Ammo tozi it (inglizchada “greyhound”) nomi qanday paydo boʻlganini taxmin qila olmaysiz. Maʼlum boʻlishicha, Yunonistondan (eski nomi — graikoi) kelib chiqqani uchun u bir vaqtlar graihound deb nomlangan.

Buldogdan ilgari buqalar (inglizchada “bull”) bilan ishlashda foydalanilgan, shuning uchun bu nom tushunarli. Poynter (inglizchada “pointer”) nomi ham aniq: u burni bilan oʻljani koʻrsatadi (inglizchada “point”). Setter nomli it esa bu vazifani boshqacha bajaradi. U oʻlja yashiringan joyda qotib (inglizchada “set”) turadi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, yerga koʻmilib ov qiladigan teriyer oʻz nomini lotincha “terra” — yer soʻzidan olgan.

Quyon ovlaydigan tozi it (harrier) oʻz oʻljasi (inglizchada “hare” — quyon) nomi bilan atalgan. Kalta oyoqli tozi it (inglizchada “beagle”) oʻz nomini gel tilidagi “beag” — kichik soʻzidan olgan. Senbernar nomi esa oʻzi yetishtirilgan Alp togʻlaridagi Avliyo Bernar monastiri (rohiblar yoki rohibalarning diniy jamoasiga qarashli cherkov) sharafiga qoʻyilgan.

Shpits Pomeraniyada (oʻsha paytda Prussiya hududi) yetishtirilgan. “Mastiff” nomi italyancha “mastino” dan kelib chiqqan boʻlib, “qoʻriqchi it” degan maʼnoni anglatadi. Spaniel esa nomidan koʻrinib turganidek, ispan iti (inglizchada “Spain” — Ispaniya). Pudel nemischa “pudel” — koʻlmak soʻzidan kelib chiqqan. Chunki bu it turi suvdan qoʻrqmaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!