Uxlayotganimizda nima bo‘ladi?
Uxlayotganimizda nima bo'ladi? Uyqu qanday jarayon?
2 min
Inson organizmi

Uyqu biz uchun qanday ahamiyatga egaligini hammamiz bilamiz. U bizning quvvatimizni tiklab, oʻzimizni tetik his qilishimizga yordam beradi. Uyqu bizning charchagan aʼzolarimiz va toʻqimalarimiz uchun zarurdir.

Qizigʻi shundaki, ilm-fan haligacha uyqu jarayoni qanday kechishini aniq tushuntirib berolmaydi. Olimlar miyada “uyqu markazi” deb ataluvchi juda murakkab hudud mavjud, deyishadi. Ushbu markaz qon bilan tartibga solinadi. Kun davomida asab va mushaklar faoliyati natijasida kalsiy qon orqali miyaga yuboriladi. Bu oxir-oqibat uyqu markazini ishga tushiradi va uxlab qolamiz.

Agar kalsiy toʻgʻridan-toʻgʻri uyqu markaziga tushsa, odam (yoki hayvon) darhol uxlab qoladi. Ammo u qon oqimi bilan yuborilsa, bunday boʻlmaydi. Birinchi navbatda, uyqu markazi bizni uxlatishidan oldin charchaganimizda ishlab chiqariladigan baʼzi kimyoviy moddalar uning “sezgirligini oshirishi” kerak.

Bizni uxlatish orqali uyqu markazi ikkita vazifani amalga oshiradi. U miyani bloklab, bizni iroda yoki ongimizdan mahrum qiladi. Bu — “miya uyqusi”. Shuningdek, u miyadan tarqaladigan nervlarni oʻchiradi. Oqibatda ichki aʻzolarimiz hamda oyoq-qoʻllarimiz ham uyquga ketadi. Bu esa “tana uyqusi”. Odatda, uxlayotganimizda bularning ikkalasi ham bir vaqtning oʻzida sodir boʻladi.

Biroq ular alohida-alohida sodir boʻlishi ham mumkin. Masalan, miya tana hali uygʻoq boʻlganida ham uxlashi mumkin! Juda charchagan askar yurishni davom ettirishi va bu vaqtda uning miyasi uyquda boʻlishi mumkin. Uyqusida yuruvchilar bilan xuddi shu jarayon sodir boʻladi.

Biz turli xil uyquni boshdan kechirishimiz mumkin. Yuzaki uyquning foydasi chuqur uyquga qaraganda kamroq. Aslida qisqa dam olish ham chuqur uyqudir. Shuning uchun ozgina uxlab ham oʻzimizni ancha tetik his qilamiz.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!