Ko‘z nimadan iborat?
Ko'z qanday tuzilgan? Ko'z nimadan iborat?
2 min
Inson organizmi

Inson koʻzi — bu oʻziga xos fotokameraning bir turi. Unda yorugʻlik nurlari tushadigan maxsus teshik (qorachiq), ularni yoʻnaltiradigan linzalar va tasvir paydo boʻladigan toʻr parda mavjud.

Koʻz ichida 130 millionga yaqin yorugʻlikka sezgir hujayra bor. Ularga yorugʻlik tushganda darhol nerv impulsiga aylanadigan kimyoviy oʻzgarishlar roʻy beradi. Koʻrish nervi orqali u miyaning koʻrish uchun javobgar qismiga keladi. Bu yerda ushbu signal qayta ishlanadi. Shundan soʻng biz u yoki bu narsani koʻramiz.

Koʻz olma shaklida boʻlib, oʻrtada qorachiq joylashgan old qismi biroz choʻzilgan. Uning orqasida koʻzning qorongʻi ichki qismi joylashgani uchun koʻz rangi qoraga oʻxshaydi. Yorugʻlik koʻz gavhariga tushadi va u yorugʻlik nurlarini koʻz soqqasi devorida tasvirga aylantiradi. Bu yerda esa fotokamera plyonkasi kabi yorugʻlikka sezgir hujayralar qatlami (toʻr parda) mavjud.

Qorachiq atrofida koʻzning rangdor pardasi joylashgan. U moviy, yashil yoki jigarrang shaklga ega. Rangdor parda fotokamera diafragmasi¹ kabi oʻlchamlarini oʻzgartirishi mumkin. Yorqin nurda mayda mushaklar uni kengaytiradi, shu sababli qorachiq torayib, ichkariga kamroq nur oʻtkazadi. Qorongʻida esa, aksincha, kengayadi.

Butun koʻz olmasi sklera deb ataladigan koʻz oq pardasi bilan qoplangan. Koʻz oqsillari ham bu membrananing bir qismi. U tashqi tomondan shaffof va uning bu qismi shox parda deb ataladi. Shox parda va rangdor parda orasidagi boʻshliq suyuqlik yoki “kamera suyuqligi” bilan toʻldirilgan. U linza vazifasini bajaradi.

Koʻzning boshqa linzasi boʻlgan gavhar esa shaklini oʻzgartirishi mumkin. Yaqin atrofdagi narsalarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi, uzoqqa nigoh solganimizda esa yupqalashadi.


[1] Diafragma — fotoapparat va boshqa asboblarda yorugʻlik oqimining oʻtishini kamaytiruvchi moslama.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!