Daltonizm nima?
Daltonizm haqida bilasizmi?
2 min
Bu nima?

Barcha ranglarni qizil, yashil, binafsha yoki sariq, koʻk va qizil kabi uchta asosiy rangdan hosil qilish mumkin. Masalan, oʻsimlik dunyosining rang-barangligi atigi uchta — qizil, koʻk va sariq rangdagi pigmentli¹ maxsus donachalarning turli xil birikmasidan olinadi.

Qizil, yashil va binafsha nurlarga sezgir toʻrparda hujayralari sababli koʻzlarimiz atrofdagi tabiat ranglarini farqlay oladi.

Nega odam ranglarni umuman farqlamasligi yoki butunlay boshqacha koʻrishi mumkin? Bu hodisa daltonizm deyiladi. Koʻz toʻrpardasiga tushgan yorugʻlik nurlari unda normal reaksiyani keltirib chiqarmaydi. Aytaylik, qizil nur nafaqat bu rang, balki yashil rangga sezgir hujayralarni ham qoʻzgʻatadi.

Yashil nur ham koʻzga xuddi shu tarzda taʼsir qiladi, yaʼni toʻrpardaning ham “qizil”, ham “yashil” qismlarini qoʻzgʻatadi. Bu vaziyatda odam nimani koʻradi? U qizil va yashil ranglarni ajratolmaydi, ularning oʻrniga sariq-kulrang koʻradi, chunki qizil va yashil ranglar aralashganda aynan shu rang hosil boʻladi.

Bunday odamlar koʻk, sariq va binafsha ranglarni ajratadilar. Ammo ular qizil va yashilni faqat sariq-kulrangning tusiga qarab farqlay oladilar. Ranglarni biroz boshqacha ko‘radigan odamlar bor, lekin oʻzlari buni bilmasligi mumkin.

Daltonik odam qizil va yashil ranglarni birday sariq-kulrang deb bilsa ham, yoshligidan ularni farqlashni oʻrganishi mumkin. U buni normal koʻrish qobiliyatiga ega odamlar kabi rangi emas, balki tusi va yorqinligi boʻyicha farqlaydi.


[1] Pigment (lotinchadan “pigmentum” — boʻyoq) — organizmlar toʻqimalari tarkibidagi boʻyoq birikma.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!