Inson tishlari aslida nima?
Tish qanday o'sadi?
2 min
Bu nima?

Zamonaviy hodisalarni yaxshiroq tushunish uchun ularning evolyutsiyasini¹ bilish kerak. Ehtimol, tishlaringiz qanday kelib chiqqani haqida hech qachon oʻylamagan boʻlsangiz kerak, toʻgʻrimi? Axir bu juda qiziqarli-ku!

Inson tishlari aslida transformatsiya boʻlgan (oʻzgargan) baliq tangachalaridir!

Yuz millionlab yil oldin yashagan baliqlar boʻrtib chiqqan tangachalar bilan qoplangan boʻlgan. Jagʻlar yaqinidagi tangachalar oʻljani ushlab turish va parchalashga yordam bergan. Hatto hozirgi vaqtda ham inson tishlari, masalan, akula tangachalari bilan deyarli bir xil tuzilishga ega.

Tish uchta asosiy qismdan iborat: jagʻning maxsus chuqurchasida joylashgan ildiz, milk ustiga chiqib turadigan toj qismi va bu ikki qism oʻrtasidagi boʻgʻiz.

Tishlar daraxt singari jagʻimizdan “oʻsib” chiqmaydi. Aslida ularni gultuvakdagi gul bilan taqqoslash toʻgʻriroq — har bir tish oʻzining suyakdagi “gultuvagiga” oʻrnatilgan.

Tish kerakli ozuqa moddalarni qanday oladi? Maʼlum boʻlishicha, tishga ochiq “ildiz kanali” kelgan. U orqali nerv, arteriya² va vena tomirlardan oʻtadi. Ular tish boʻshligʻi yoki pulpaga³ kirib, barcha kerakli moddalarni oʻzlari bilan olib keladi.

Tishning katta qismi “dentin” deb ataladigan suyak tuzilmasidan iborat. Biz koʻradigan qismi emal⁴ bilan qoplangan.


[1] Evolyutsiya — toʻxtovsiz rivojlanish.
[2] Arteriya — kislorodga toʻyingan qonni yurakdan boshqa aʼzo va toʻqimalarga eltuvchi tomirlar; vena — yurakka qon keladigan tomir.
[3] Pulpa — tishni qon bilan taʼminlaydigan yumshoq toʻqima.
[4] Emal — tishning mineral tuzlardan tashkil topgan qattiq yaltiroq qoplamasi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!