20.02.2024
Hech qachon kar yoki eshitishi qiyin boʻlgan kishilar ustidan kulmaslik kerak. Axir ular inson boshiga tushishi mumkin boʻlgan eng dahshatli azoblardan biriga chidaydilar. Ularning atrofda qanchalik goʻzal va ajoyib hayot boʻlayotganini sezmasliklarini tasavvur qilish naqadar qiyin.
Kar va “qulogʻi ogʻir” bir xil narsa emas. Birinchisi, eshitish qobiliyatining toʻliq yoki deyarli yoʻqligini anglatadi. Kishi bu nuqson bilan tugʻilishi mumkin. Ammo bu baxtsiz hodisa yoki biron kasallikning natijasida ham kelib chiqadi. Ikkinchisi esa hayot davomida asta-sekin yaxshi eshitish qobiliyatini yoʻqotishdir.
Ushbu kasallikka xos boʻlgan tugʻma nuqsonlar sababli karlikning oldini olish imkoni yoʻq. Ammo eshitish qobiliyati pasayishiga olib keladigan holatlardan bemalol qutulib qolish mumkin. Koʻpincha bu bolalik davrida eshitish apparatining bir qismiga zarar yetkazadigan shamollash, angina¹, qizamiq, qizilcha, tepki, meningit² kabi turli xil yuqumli kasalliklardan kelib chiqadi.
Quloqda suyaklar oʻsib tovush toʻlqinlari tarqalishiga xalaqit berishi — eshitish qobiliyati pasayishining yana bir kamroq uchraydigan sababi.
Baʼzida tovushning oʻzi ham sabab boʻladi. Masalan, kuchli portlash va tebranishlar, sanoat mashinalarining shovqini — bu bizning sogʻligimizga salbiy taʼsir koʻrsatadigan uchinchi asosiy omildir.
Bunday hollarda nima sodir boʻladi? Kuchli tovush toʻlqinlari bizning eshitish aʼzomizga shunchalik kuchli taʼsir qiladiki, yuqori ohanglar eshitilmay qoladi.
Musiqani quloqchinlarda baland va uzoq vaqt davomida eshitish ham quloqlarimiz uchun zararli hisoblanadi. Iloji boricha buni kamaytirishimiz lozim.
[1] Angina — tanglay bezlarining yalligʻlanishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik.
[2] Meningit — bosh va orqa miya qobigʻining yalligʻlanishi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.