Nega sochimiz har xil?

Soch tipi irsiyat bilan belgilanadi. Ularning shakli, rangi, tarkibi har xil boʻlsa-da, tuzilishiga koʻra unchalik ham farq qilmaydi. Baʼzi farqlarga qarab, odamning maʼlum bir irqqa mansubligini aniqlash oson. Boshqacha qilib aytganda, sochga qarab insonning qaysi milliy guruh vakili ekanini bilsa boʻladi.

Sochning uchta asosiy turi mavjud. Birinchisi, kalta va jingalak, koʻndalang kesimda esa ellips (egri chiziq) shaklida. Ular faqat qora rangda boʻlib, bu turga barcha qora tanlilar sochi kiradi.

Ikkinchi tur tekis, silliq, uzun, koʻndalang kesimda aylana sochlar. Ushbu turdagi sochlar rangi faqat qora. Bu turga xitoyliklar, moʻgʻul va amerikalik hindularning sochlari mansub.

Uchinchi tur esa toʻlqinsimon yoki silliq, ipakdek mayin, koʻndalang kesimi boʻlsa oval shaklda. Bunga yevropaliklar sochi yorqin misoldir. Ular asosan oq-sargʻish, qora, och jigarrang va malla rangda boʻladi.

Toʻrtinchi tur ham mavjud. Bu Avstraliya aholisiga tegishli.

Sochlarning koʻndalang kesimi qanchalik yumaloq boʻlsa, u shunchalik qattiq boʻladi. Rang masalasiga toʻxtalsak, koʻrib turganingizdek, baʼzi turlari juda xilma-xil, boshqalari juda oʻxshash. Toʻlqinsimon sochlar rang jihatdan juda farq qiladi. Shuning uchun yevropaliklar orasida qora, shuningdek, sargʻish sochli odamlar ham bor. Ammo ikkinchi tur shimoliy Yevropaga xos va janubda juda kam uchraydi. Tekis sochli irqlarda och sargʻish ranglar juda kam uchraydi.

Biror kishining maʼlum bir irqqa mansubligini bilishda soch katta ahamiyatga ega.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!