20.02.2024
Odam kino, televizor, kitoblar kabi turli narsalarga barmoq izlarini qoldiradigan holatlar kuzatiladi. Keyin izlar topiladi, bu esa odamning oʻsha joyda boʻlganini isbotlaydi. Bunda hech qanday adashish boʻlmaydi. Negaligini esa hozir tushuntirib beramiz.
Barmoqlaringiz uchiga qarasangiz, kichik chiziqlarni koʻrasiz. Ularda terimizning sezish retseptorlari joylashgan. Har bir insonda shunday izlar boʻlib, ularni umuman oʻzgartirib boʻlmaydi. Agar barmoqlarni bir necha marta kuydirib olsangiz ham, teringiz tuzalganda aynan oʻsha iz paydo boʻlaveradi.
Barmoq izlarining bir nechta xususiyatlari bor. Lekin barmoq izlari bir-biriga toʻliq mos tushadigan insonlar yoʻq.
Mutaxassis barmoq izining yuzta xususiyatini oson ajratib oladi. Bu esa barmoq izida yuz xil naqsh borligini bildiradi. Masalan, koʻrsatkich barmoqni olaylik. Koʻrsatkich barmoq izlari kamida ikkita naqshda mos tushadigan ikki kishini topish uchun 16 kishini tekshirish kerak. Agar 3 ta naqsh bir-biriga mos tushishini tekshirish lozim boʻlsa, unda 64 kishi kerak boʻladi.
Jarayon paytida 100 ta xususiyat boʻyicha toʻla mos keladigan ikki odamni topish uchun necha kishini tekshirish kerakligiga qiziqib qolamiz. Faqatgina bitta barmoqdagi izni tekshirish uchun 4 milliard yil davomida yashagan barcha insonlarni tekshirish kerak boʻladi. Bizda 10 ta barmoq bor-ku.
Umr boʻyi oʻzgarmas va takrorlanmas barmoq izlarimiz borligi ajoyib moʻjiza, shunday emasmi?!
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.