Qanday yodda saqlab qolamiz?

Miya maʼlumotni qanday qilib xotirada saqlab qolishi va kerakli vaqtda uni qanday tiklashini hech kim tushuntirib berolmaydi. Ammo biz yodda saqlab qolishning har xil turlari va buni amalga oshirishga yordam beradigan usullar haqida koʻp narsa bilamiz.

Xotira — biz oʻrgangan va boshdan kechirgan barcha narsani ongda saqlash qobiliyati. Odam bilan sodir boʻladigan har qanday hodisa “tasma”ga muhrlanadi. Agar u doimiy ravishda takrorlansa, “tasma”dagi yozuv uzoq vaqt oʻchmaydi.

Xotirada saqlab qolishning bir necha usullari bor. Birinchisi — eslash. Masalan, ziyofatdan bir necha kun oʻtib, sizdan kimlar ishtirok etgani haqida soʻralsa, siz ishtirokchilarning ismi va tashqi koʻrinishini eslashga harakat qilasiz.

Eslash tanib olishdan farq qiladi. Sizdan Bill Jons ziyofatda boʻlganmidi yoki yoʻq deb soʻralsa, bu ismni u yerda boʻlganlardan birining ismi sifatida taniysiz. Koʻchada uchratganingizda esa uni ziyofatda siz bilan birga boʻlgan kishi sifatida tanishingiz mumkin.

Eslash tanib olishdan koʻra qiyinroq. Oʻqituvchi oʻtgan hafta sinfda nima haqida gapirilganini soʻraganidan koʻra biron jismni aytib, bu muhokama qilingan yoki qilinmaganini soʻrasa, javob berish osonroq boʻladi.

Koʻz xotirasi (koʻrganni eslab qolish qobiliyati) mavjud. Siz oʻtgan yozgi taʼtilni togʻlardagi kulba tasvirini koʻz oldingizga keltirib eslashingiz mumkin. Xuddi shu tarzda magnitofon oʻchirilganidan keyin ham musiqani topib eshita olasiz. Bunga eshitganni eslab qolish qobiliyati deyiladi.

Boshqa bir turi — assotsiativ (oʻzaro oʻxshash) eslab qolish. Biror narsani boshdan kechirganingizda unga boshqa taassurot ham hamroh boʻlib keladi. Bunda bogʻlanish yoki assotsiatsiya (fikran bogʻlanish) sodir boʻladi. Voqealardan birini eslaganingizda ikkinchisi ham xotirada paydo boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!